"Karimovning trollari" kimlar?

Trollar allaqachon o‘zbek tilidagi ijtimoiy tarmoqlarning bir qismiga aylangan.

So‘nggi yillar Rossiya va sobiq Sho‘rolar Ittifoqining asosan avtoritar va yo diktatorlikka moyil hukumatlari bu internet trollari ( fitnakorlari) xizmatidan keng foydalanib kelmoqda.

Oxirgi yillarda Rossiyada kremlparast trollar soni sezilarli oshgan.

Bu kabi "bloger"larga Rossiya hukumati mo‘maygina to‘lashi haqida aytiladi.

Ularning asosiy vazifasi ijtimoiy tarmoqlarda Ukraina va G‘arb davlatlarini so‘kish, Kremldagi hukumatni maqtashdan iborat.

Moskvadami va yo Toshkentda, bu trollar dunyoning ilg‘or axborot agentliklari sahifalarida "o‘z fikrlarini" qoldirishadi.

Ularning Twitter, Livejournal, Facebook va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab hisoblari bor.

Mustaqil jurnalistlar yoki muxolifat nashrlariga ishoniladigan bo‘lsa, O‘zbekiston Milliy Xavfsizlik xizmati ham o‘zining "trollar armiyasi"ga ega va ularni ko‘pincha tuzumning mafkuraviy dushmanlariga qarshi ishlatadi.

Bu qanchalik haqiqat? Toshkentdan mustaqil tahlilchi Anvar Nazirovning fikrlari.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02