AQShda yana bir o‘zbekistonlik terrorchilikda ayblanmoqda

Image copyright website

Qo‘shma Shtatlarda to‘rtinchi O‘zbekiston fuqarosi "Islomiy Davlat" guruhini dastaklaganlikda ayblanmoqda.

Matbuotning yozishicha, Dilhayot Qosimov ismli shaxs dushanba kuni qo‘lga olingan.

U "Islomiy Davlat" tarafidan jang qilish uchun xorijga yo‘llanadigan Amerika fuqarolarini topish uchun pul to‘plash fitnasi va terrorchi tashkilotga moddiy ko‘mak berishga urinishda gumon qilinmoqda.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, Dilhayot Qosimov o‘tgan oy qo‘lga olingan yana ikki o‘zbekistonlik va bir qozog‘istonlik - Ahror Saidahmedov, Abdurasul Hasanovich Jo‘raboyev va Abror Habibovlar bilan yaqindan ishlagan.

Mahkama ularni IDni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblagandi.

Xabarlarda uchovlonning biri Jon Kennedi aeroportida, taxmin qilishinicha, Suriyaga yo‘l olgan payti ushlangan haqida yozilgandi.

26 yoshli Dilhayot Qosimov chorshanba kuni mahkamaga keltirilishi kutilmoqda.

Ma‘lumotlarga ko‘ra, to‘rtovlon Amerikada bir necha yillardan beri qonuniy yashab kelishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – bbcuzbek

Twitter – bbcuzbek

Odnoklassniki – bbcuzbek

Facebook- bbcuzbek