Argentinada ulkan pasxa tuxumi tayyorlandi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Shunday ulkan tuxumini olib keladigan pasxa quyoni qanday bulishini bir tasavvur qilib ko‘ring-a?

Uni qo‘lda tayyorlangan eng katta pasxa tuxumi deb atashmoqda. Tuxumning hajmi uydek: uzunligi 85, eni 6 metr keladi.

O‘n minglab kishilar shokolad tuxumni tomosha qilishga va mazasini tatib ko‘rishga tashrif buyurdilar.

Kandolatchining aytishicha, shokolad tuxum 50 ming kishiga yetib ortadi.

Tuxumni bo‘laklash sharafi qiyqiriqlar ovozi ostida shahar hokimiga nasib etdi.

Barilecheliklar sifatli shokolad qandayligini yaxshi bilishadi. Mahalliy oshpazlar ham o‘zlarining mahoratlarini namoyish etish imkonidan mamnun bo‘ldilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02