"Avval o‘zingga boq, keyin nog‘ora qoq!"

Toshkent shahar hokimi "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonunning buzilayotganligini inobatga olib", shahardagi reklama va e‘lonlardagi imlo xatolarini tuzatish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish haqida qaror qabul qildi.

Mazkur qaror Toshkent shahar hokimligining gazetasida chop qilindi.

Shuni aytish o‘rinli-ki, ba‘zi bir texnik sabablarga ko‘ra shu qarorning sarlavhasida imlo xatosi mavjud.

Qolaversa, gazetaning web-saytida umuman lotin alifbosiga asoslangan sahifa yo‘q ekan.

Savol tug‘iladi, mazkur qonuning ijrosini ko‘chalardan boshlash kerakmi yoki birinchi hokimiyatga tegishli tashkilotlardanmi?

Bu yerda, hamma hujjat ishlari kirill alifbosida olib borilishini aytib o‘tirish ham shart bo‘lmasa kerak.

Bitta TV kompaniya ikki xil alifbo

Shu o‘rinda, ushbu qarordan keyin bir narsa odam e‘tiborini tortdi - O‘zbekiston Davlat Teleradioyeompaniyasida ham ikki standartlik ko‘zga tashlandi.

Ya‘ni "Yoshlar" telekanali lotin alifbosida, "O‘zbekiston" kanali esa - kirill alifbosiga asoslanib ishlaydi.

Demak, "O‘zbekiston" "eski avlod"ga, "Yoshlar" telekanali esa yosh avlodga qaratilgan.

TV kanallarda turli-tumanlik albatta yaxshi narsa.

Biroq mazmun jihatdan ikkisining yangilik dasturlarida hech qanday farq yo‘q.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Your contact details
Disclaimer