"Qozoq bojxonachilari O‘zbek fuqarolari pullarini tortib olib qo‘ymoqdalar"

O‘zbekistonning "G‘ishtko‘prik" chegara nuqtasidan Qozog‘istonning "Jibek joli" posti orqali Qozog‘istonga o‘tayotgan o‘zbekistonliklar Qozog‘iston bojxonachilarining ta‘magirliklaridan shikoyat qilmoqdalar.

"Telegram" ijtimoiy media tarmog‘i orqali BBCga shu haqda murojaat kelib tushdi.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasining "G‘ishtko‘prik" postida Qozog‘iston bojxonachilari O‘zbekistondan chiqib Qozog‘istonga o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarini pullarini sanash uchun bahona qilib olib pullaridan olib qolish bilan shug‘ullanmoqdalar. Ushbu holatni siz ham o‘rganib chiqishingizni so‘rayman", deb yozgan yoshi 40 da, o‘zi Toshkent shahrida istiqomat qiladigan kishi.

U o‘z boshidan o‘tgan hodisani hikoya qilib berdi, biroq o‘z ismi-sharifi efirda e‘lon etilmasligini so‘radi.

"Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Bojxona rasmiylariga og‘zaki aytganimda, ular bu holatdan xabarlari borligini, lekin bu ularning yurisprudentsiyasiga kirmasligini hamda O‘zbekiston fuqarolarining o‘zlari jabrlangan holatda hech qayerga murojaat qilmasligi Qozog‘iston bojxonachilariga qo‘l kelmoqda, deb aytishdi", deb yozgan "Telegram" foydalanuvchisi.

Biz undan dastlab "siz Qozog‘istonga tez-tez o‘tib turasizmi", deb so‘radik.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC ushbu masala yuzasidan Qozog‘iston Bojxona nazorati qo‘mitasi munosabatini olishga harakat qildi, biroq hozircha mas‘ul shaxs bilan suhbatlashish imkoni bo‘lmadi.

BBC yana ushbu mavzuga qaytadi.

Siz "G‘ishtko‘prik" bojxona maskani orqali Qozog‘istonga o‘tib turasizmi?

Qozoq-O‘zbek chegarasidagi o‘tish-qaytish uchun yaratilgan sharoitni qanday baholaysiz?

O‘zbekiston yoki Qozog‘iston Bojxona, Chegara, Ichki ishlar xodimlarining faoliyatini siz qanday baholaysiz?

Fikr-mulohazalaringizni uzbek@bbc.co.uk elektron pochtasiga yoki ushbu sahifaning quyi qismidagi forma orqali yoki Internet ijtimoiy mediadagi sahifalarimiz vositasida yo‘llashingiz mumkin:

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK