Yaman inqirozi: Aden "arvohlar shahri"ga aylandi

Image copyright AFP
Image caption Aden "arvohlar shahri"ga aylanmoqdami?

Yamanning bandargoh shahri Adenni nazorat etish uchun janglar tobora qaqshatqich tus olmoqda.

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi rahbari BBC bilan suhbatda Adenni "arvohlar shahri"ga aylanib borayotgani haqida gapirgan.

Robert Ghosen ning aytishicha, shaharga zudlik bilan tibbiy yordam yetkazilishi kerak.

Bu yerda hukumatga loyiq kuchlar va isyonkor Xutiy shialar jang qilishmoqda.

Yordam tashkilotlariga ko‘ra, so‘nggi janglarda 540 dan ko‘proq odamlar qurbon bo‘lishgan.

100 000 dan ortiqroq yamanliklar boshpanasiz qolishgan.

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar xalqaro tan olingan hukumatni dastaklab shia isyonkorlari hududlarini bombalamoqda.

Prezident Abdurab Mansur Hadi Saudiya Arabistoniga qochib ketgan.

Yamandagi fuqaro urushi va Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ittifoqchi kuchlarning havodan bombardimoni natijasida og‘ir ahvolda qolgan Aden shahri yashovchilari uchun xalqaro yordam yetkazish jarayoni ham mushkulliklarga yuz tutmoqda.

Rossiya Yamandagi qator MDH davlatlari fuqarolarini olib chiqishga harakat qilmoqda. Ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

Yaman yaqin tarixida bu kabi mojarolar deyarli muttasil yuz berib kelmoqda.

Hozirgi voqealarga tarix nuqtai nazaridan qarasak, o‘tmishda bo‘lib o‘tgan hodisalar bilan o‘xshashligi bormi?

Bu savol bilan BBC o‘tgan asrning saksoninchi yillar o‘rtalarida Yamandagi Sovet Ittifoqi elchixonasida bir necha yil ishlagan, arabshunos va tarixchi Abror Xudoyqulovga murojaat qildi:

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram – bbcuzbek

Twitter – bbcuzbek

Odnoklassniki – bbcuzbek

Facebook- bbcuzbek