"Amir Temur institutini tashkil qilish kerak"

Bugun 9 aprel buyuk davlat arbobi Amir Temur tug‘ilganiga 679 yil to‘lgan.

Amir Temur tarixda eng qudratli markazlashgan davlat barpo etgan hukmdor sifatida tanilgan.

Sho‘ro zamonida Amir Temur faqat qonxo‘r bosqinchi zolim sifatida tilga olingan, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin mamlakatning eng oliy ordenlaridan biriga Amir Temur nomi berilgan.

Xo‘sh, bugun Amir Temur va uning avlodlarini tarixini o‘rganish ko‘ngildagidekmi?

O‘zbekistonlik tarixchi Goga Hidoyatovga ko‘ra, bu ish hozir ham qoniqarli amalga oshirilmayapti.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

"Buni ko‘proq qilish kerak. Hali bu ishlar rivoelanishi kerak. Alohida Amir Temur instituti tashkil qilinishi kerak.Temuriylar to‘g‘risida alohida durnal bo‘lishi kerak. Bu juda katta tarihiy, nafaqat tarixiy, madaniy, ma‘naviy ahamiyatga ega", deydi tarixchi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK