Bo‘y va vaznning dementsiya va yurak kasalliklariga aloqasi

Image copyright PA
Image caption Cemizlik dementsiyaga qarshi qurol

Semizlik dementsiya kasalligi xavfini kamaytirar ekan.

Ushbu xulosaga qariyb 2 million britaniyaliklarni tekshirgan tadqiqot natijalari olib kelgan.

Bu xulosa shifokorlarning o‘zlari uchun ham kutilmagan bo‘lgan.

Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ozg‘in insonlar uchun dementsiya xafvi kattaroqdir.

Dementsiya hozirgi kunda qariyalar orasida eng keng tarqalgan kasalliklardandir. Dunyo bo‘yicha unga duchor bo‘lganlarning soni 2050 yilga kelib uch barobar oshishi va 135 millionga yetishi kutilmoqda.

Hozircha unga shifo yo‘qdir. Profilaktika o‘laroq sog‘lom hayot tarzi hamda parhez tavsiya etiladi.

Londonning Gigiyena va Tropik meditsina instituti 20 yil davomida 1,958,191 kishini kuzatishi natijasida ozg‘in insonlar 39% ko‘proq dementsiyaga duchor bo‘lishar ekan, deb aytgan.

Semiz insonlarning ko‘rsatkichi 18% kamroq. O‘ta semizlar esa 24%da bo‘lishgan.

Kalta bo‘y insonlar va yurak kasalliklari

Kuni kecha yana bir tadqiqot natijalari e‘lon qilinib, unga binoan kalta bo‘y insonlarning yurak kasallaklarga duchor bo‘lish xavfi kattaroq ekanligi bildirilgan edi.

Leyster universiteti o‘tkazgan bu tadqiqotda 200 ming inson tekshirilgan.

Bu tadqiqotga ko‘ra har 6.4 sm qo‘shimcha bo‘y balandligi yurak kasalliklari xavfini 13,5% kamaytirar ekan.

Biroq Britaniya Yurak Fondining bildirishicha, kalta bo‘y insonlar ortiqcha tashvishlanmasligi lozim. Sog‘lom hayot tarzi yurak kasalliklarining oldini olishda eng durust yo‘ldir.

Yurak kasalliklari Britaniyada kasalliklardan o‘lgan odamlarning eng yirik ulushini tashkil qiladi. Yiliga bu raqam 73 mingdan iboratdir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK