Qamchiqdagi yirik avtohalokatni IIV tasdiqladi

Image copyright BBC World Service

Bundan bir kun oldin Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Qamchiq dovonidagi 11 inson umriga zomin bo‘lgan yo‘l-transport halokati haqidagi xabarni O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi tasdiqlagan.

Halokatning 9 aprel kuni Namangan viloyati hududida ro‘y bergani xabar qilinmoqda.

"Tog‘li Qamchiq dovonidan pastga tushayotgan yuk avtomobili ikki yengil avtomobil bilan to‘qnashib ketgan. Og‘ir yuk avtomobili tog‘ yo‘lidan tushib borayotganida avval ro‘paradan kelayotgan "Daewoo", so‘ng "Chevrolet"ga borib urilgan, shundan keyin ag‘darilib tushgan. 11 inson yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘lgan", deya Ichki ishlar vazirligidagi manbaga tayanib xabar qilgan Rossiyaning Interfax axborot agentligi.

"Daewoo" "Nexia" avtomobili ichida besh inson, "Chevrolet" "Lacetti" mashinasi ichida besh inson bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Ag‘darilgan "MAN" yuk avtomobili haydovchisi ham hayotdan ko‘z yumgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Your contact details
Disclaimer