Malayziya ig‘vo uchun jazoni kuchaytirdi

Malayziya hukumati "ig‘voga qarshi" qonun doirasida jazo choralarini qat‘iylashtirdi. BMT ushbu qadamni tanqid ostiga olgan.

Yangi qonunda ig‘vo uchun qamoq jazosi muddatlari uzaytirilgan va kamida uch yil qamoq jazosi belgilangan.

"Ig‘voga qarshi" qonun tartibsizliklar yo-da diniy tanglikka sabab bo‘luvchi nutqlarni ham nazarda tutadi. Lekin tanqidchilar bu qonundan hukumat muxoliflarining ovozlarini o‘chirish yo‘lida foydalanilishini aytmoqdalar.

Bundan tashqari Malayziyada bu hafta mahkama qarorisiz muddatsiz ravishda hibsda ushlab turish chorasi qayta tiklandi.

Avvallari "ig‘vo uchun" ko‘pi bilan uch yil qamoq muddati yoki bir ming dollardan ko‘proq jarima belgilanardi.

Endi esa birovga jismoniy shikast yoki shaxsiy mulkka zarar yetkazishga yetaklagan "ig‘vo" uchun 5 yildan 20 yilga qadar jazo belgilanadi.

"O‘rtamiyona ig‘vo" uchun esa uch yildan yetti yilga qadar jazo belgilanadi. Jarimaga tortish imkoni umuman bekor qilingan.

Lekin ayni vaqtda, hukumatni tanqid qilish endilikda noqonunuiy amal hisoblanmaydi.

Ammo bosh vazir Najib Razzoqning aytishicha, bu "namoyish va boshqa yo‘llar orqali hukumatni ag‘darishga da‘vat qilish mumkin ekanligini anglatmaydi".

Tanqidchilarga ko‘ra, qonunda "ig‘vo"ga aniq ta‘rif berilmagan va suiste‘mol ehtimoli kattadir.

Hatto avvalgi qonun bo‘yicha ham hukumatni yo-da adliya tizimi qarorlarini tanqid qilib, Tweeter da xabar yozganlar javobgarlikka tortilgandilar.

BMTga ko‘ra, 2014 yil boshlaridan beri kamida 78 kishiga ana shunday ayblovlar ilgari surilgan.

Ular orasida muxolifat rahbari Anvar Ibrohimning qamoqqa tashlash haqidagi mahkama qarorini tanqid qilib, Twitter da yozgan karikaturachi ham bor.

Janob Ibrohimning qizi ham shunga o‘xshash asosda hibsga olingan.

"Ig‘voga qarshi" qonunga o‘zgartirishlar muhokama qilinar ekan, qonunni umuman bekor qilishni va‘da bergan Bosh vazir televideniye orqali intervyu berdi.

Unga ko‘ra, qonunga o‘zgartirishlar "barqaror, tinch va uyg‘un mamlakatni qurish maqsadiga erishish yo‘lida" kiritilgandir.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Your contact details
Disclaimer