UzWebiston: Nega sotuvchilar terminal orqali to‘lov olishni istashmaydi?

O‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari Facebookdagi "Obshchestvenny kontrol" (Jamoatchilik nazorati) sahifasida kartochka bilan to‘lash muammolarini yoritganlar.

O‘zbekistonda xaridor kartochkasini terminal egasiga topshirishi va o‘z kodini aytishi kerak. Biroq kartochka tizimi rivojlangan mamlakatlarda faqat kartochka egasi kodni terishga haqli va sotuvchiga uni ko‘rsatmasligi kerak.

Britaniyada oxirgi ikki yil ichida "contactless", ya‘ni kodni termasdan, kartochkani terminalga tekkizish bilan to‘lash tizimi rivojlangan.

Kartochka bilan to‘lash oldi-berdini ancha osonlashtiradi va naqd pul olib yurishga hojat yo‘q.

Agata Kamichu ismli shaxs sahifa mushtariylariga quyidagicha murojaat qilgan:

"Bilmadim, to‘g‘ri joyga murojaat qilayapmanmi. Yaqinda "Abu-Sahiy" idish-tovoq bozorida bo‘ldim va u yerdagi deyarli bironta ham do‘konda kartochka bilan to‘lash mumkin emasligi meni xunob qildi. Hozirda deyarli hammaning maoshining yarmi kartochka o‘tkazilishi hisobga olinsa, bu kartochkani ishlata olmaslik meni uncha xursand qilmayapti... Balki kimdir maslahat berar, qayerga bu masalada murojaat qilsam bo‘ladi? Umuman olganda, ular ham naqd, va ham kartochka orqali savdo qilish majburiyatiga ega emasmilar? Bizda axir maoshimizni qanday olish tanlovi yo‘q-ku".

Bu postga sharh yozgan Ruslan Talipov ham arzdorni qo‘llab-quvvatlaydi:

"Eng muhimi, eshiklarida uz kart, onlayn deb nakleyka yopishtirib qo‘yadi, ichkariga kirib terminalga uzatsang, ishlamaydi deb javob berishadi. Hamma joyda shu. Nima uchun men poyafzal olmoqchi bo‘lsam, qayerda terminal bor-yo‘qligini qidirib yurishim kerak. Terminal kiritdingizmi, hammasini ko‘ngildagidek qiling, qiyshiq qo‘llar bilan emas. Nima uchun terminal orqali savdo qilishsa, ustama qo‘yiladi? Axir men maosh olganimda, terminal uchun deb pul qo‘shib berishmaydi-ku? Balki buni insoniy yo‘lga qo‘yish vaqti kelgandir?"

Aziz Light: "Bizning bank tizimimiz ham boshqa normal mamlakatlardagidek bo‘lganda, ana o‘shanda kartochkalar ham qulay bo‘ladi va hammaning ularni ishlatishga ishtiyoqi oshadi", - deya fikr bildiradi.

Uning aytishicha, ba‘zi do‘kondorlar xaridorning kartochka bilan to‘lashini istamay, ataylab uning kartochkasini ishdan chiqarish hollari ham uchraydi.

Aziz Light: "Men kartochka bilan emas, balki naqd pul bilan to‘lashimni istagan bir do‘konchi mening parolimni ataylab bir necha bor noto‘g‘ri terib, blok qilib qo‘ydi. O‘sha paytda u karta avvaldan blok qilingan ekan, deganida men ishongandim. Lekin, ertasiga bankka borganimda, u yerda menga parolim uch-to‘rt marta noto‘g‘ri kiritilganini aytishdi (vaqti to‘g‘ri keldi). Men ataylab ahmoqlar uchun qora marker bilan sariq stikerga kartam kodini yozib qo‘yganman va ular adashmasligi uchun buni ularga ko‘rsataman. Demak, bu safar kodim ataylab noto‘g‘ri terilgan".

Yana bir sharxlovchi ham kartochka bilan to‘lashdagi adolatsizlikdan shikoyat qiladi.

Olga Bulatova: "Bunaqasi hamma joyda uchraydi, oziq-ovqat bozorlari va do‘konlarda ham. Bir necha kun avval men 28 mingga kartochka orqali go‘sht sotib oldim, lekin xuddi shu go‘sht terminalsiz 25 ming turadi, fermerlarning bayram yarmarkalarida esa 21 ming. Lekin, men majbur edim ko‘proq to‘lashga, chunki erim maoshining 60 foizi kartochkaga o‘tadi, naqd pul esa boshqa xarajatlarga kerak, nafaqat oziq-ovqat. Qishda esa do‘konda kartochkaga tuxum sotib olayotgandim, birdaniga terminal ishlamay qoldi. Sotuvchi juda o‘jarlik qildi, xuddi haqiqatdan ham terminal ishlamay qolgandek. Naqd pul bilan to‘lashga majbur bo‘ldim, yaxshiyam yonimda bor edi".

Alisher Komilov esa: "Siz erinmasdan so‘rang, u yerda bor, to‘g‘ri hammasida ham emas, ammo bor. Kim savdo bo‘lishini xohlasa, u yerda bor," - deya munosabat bildirgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Your contact details
Disclaimer