Italiya politsiyasi: musulmonlar nasroniylarni kemadan uloqtirgan

14 aprel kuni Liviyadan Italiya sohillariga qarab suzgan shishiriladigan qayiqqa o‘tirgan noqonuniy muhojirlar orasida janjal kelib chiqqan va 12 nasroniy dengizga uloqtirilganlar, deya xabar qilgan Italiya politsiyasi.

Italiyaning Palermo shahri politsiyasi 15 musulmonni hibsga olgan.

Shishiriladigan qayiq odam bilan to‘lib ketgan, qayiqqa taxminan 105 inson chiqqan bo‘lgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, qayiqda musulmonlar bilan nasroniiylar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan.

Asli Gvineya, Mali, Kot-d'Ivuar va Senegaldan bo‘lgan 15 musulmonga "diniy nafratga asoslangan bir necha qotillik" ayblovi ilgari surilgan.

Kema bortidan uloqtirilgan nasroniylarning Nigeriya va Gana mamlakatlaridan yo‘lga chiqqanlari xabar qilingan hamda ularning hammasi halok bo‘lgan deb ko‘rilmoqda.

Ayni paytda 15 va 16 aprel kunlari ham Italiya sohillariga yetib olish maqsadida yo‘lga chiqqan ikki kema cho‘kib ketgan.

Birinchi kemada 400 noqonuniy muhojir halok bo‘lgan.

16 aprel kuni esa Afrikadan Ovro‘poga yetib olishga uringan kemadagi 40 dan ortiq inson inson cho‘kib ketgan.

Image copyright AP

O‘tgan yili Afrika va Yaqin Sharqdagi qashshoqlik hamda urushlardan qochib Ovro‘poga yetib olishga harakat qilgan muhojirlar soni rekord darajaga yetgan.

Bu 170000 nafar deb taxmin qilinadi.

Ob-havo yaxshi bo‘lgan kunlari dengizdagi 300 mayl yoki 500 kilometrlik masofani har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham bosib o‘tib Ovro‘poga yetib olishga harakat qiladigan noqonuniy muhojirlar soni keskin ortadi.

Insonlar kontrabandachilar xizmatlaridan foydalanadilar.

Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan, buzuq yoki talab qilinganidan ko‘p odam chiqqan kemalarga o‘tirish bilan insonlar o‘z hayotlarini xavf ostiga qo‘ymoqdalar.

Ovro‘po rasmiylariga ko‘ra, Ovro‘poga yetib olishni istagan odamlarni tashish bilan shug‘ullanadigan kontrabandachilarga kema yetishmayapti.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio