BBC mehmoni huquqshunos olim Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniy

Yuridik fanlari doktori, professor Said Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniy 1934 yili Afg‘onistonning Juzjon viloyati Saripul shahrida tug‘ilgan.

Kobul shahridagi Shar‘iy ilmlar madrasasida saboq olgan.

Kobul Universitetining Shariat fakultetini tamomlagan.

20 yil mobaynida Afg‘oniston ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritgan.

1976 yili siyosiy faoliyati tufayli ishdan chetlatilgan.

1979 yilgi inqilobdan keyin Said Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniy Adliya vaziri, Bosh prokuror lavozimlarida ishlagan.

Siyosiy muxoliflik bois qator rahbarlar qamalgan, jumladan janob Juzjoniy ham yetti yilni qamoqda shtkazishga majbur bo‘lgan.

Prezident Najibullo hokimiyatga kelgach, milliy yarashuv e‘lon qiladi va Said Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniy Afg‘oniston Oliy Sudi rais o‘rinbosari, rais vazifasini bajaruvchi bo‘ladi.

1992 yili Afg‘onistonda hokimiyat mujohidlar nazoratiga o‘tishi ortidan janob Juzjoniy O‘zbekistonda yashashga qaror qiladi.

1994 yildan 2000 yilgacha Toshkent Davlat Yuridik universitetida talabalarga saboq berish bilan birga islomiy, tarixiy mavzularda maqolalar e‘lon qilgan, teleko‘rsatuv, radioeshittirishlarda qatnashgan.

Janob Juzjoniyning 100 dan ortiq maqolasi O‘zbekiston matbuotida e‘lon qilingan.

2000 yili Said Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniy Toshkent Islom universitetida "Islom huquqi" kafedrasini tashkil etishda bosh-qosh bo‘ladi, "Islom huquqshunosligi" o‘quv qo‘llanmasi yaratadi.

U 2002 yili O‘zbekiston "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlangan.

Janob Juzjoniy 2008 yildan buyon oilasi bilan Shvetsiyada istiqomat qilmoqda.

U bugungi kunda Xalqaro Bobur jamg‘armasining Shvetsiyadagi namoyandasidir.

BBC mehmoni Said Abdulhakim Shar‘iy Juzjoniyga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham Internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini juma kungi "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni so‘raymiz.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq