Qofqoz amirligi o‘z rahbari o‘ldirilganini tasdiqladi

Image copyright .

Rossiya rasmiylari 20 aprel kuni Dog‘istonda o‘tkazilgan akislterror amaliyotida "Qofqoz amirligi" amiri Aliasxab Kebekov o‘ldirilganini xabar qilgan.

"Qofqoz amirligi" amiri Ali Abu Muhammad al-Dog‘istoniy deb tanilgan Aliasxab Kebekov Doku Umarov vafotidan keyin islomiy jangarilarga rahbarlikni o‘z qo‘liga olgan edi.

Doku Umarov o‘limi haqida 2014 yil martida e‘lon qilingan.

Xabarlarga ko‘ra, Doku Umarov 2013 yili zaharlab o‘ldirilgan.

"Qofqoz amirligi"ning Dog‘iston bo‘limi rasmiy Twitter sahifasi (@VDagestan_Arab) al-Dog‘istoniyning Rossiya qo‘shinlari bilan jangda halok bo‘lgani haqida xabar tarqatgan.

19 aprel kuni Dog‘istonning Buynaksk tumanidagi Gerey-Ovloq qishlog‘idagi uylardan birida jangarilar aniqlangani va uy Rossiya aksilterror kuchlari tomonidan qurshab olingani xabar qilingan.

Uy ichkarisida ayollar va yosh bola borligi aniqlangan.

Muzokaralardan keyin ayollar va bolaning tashqariga chiqishiga ruxsat berilgan.

Bola qo‘yib yuborilgan, biroq Rossiya rasmiylariga ko‘ra, ayollar tashqariga chiqishni xohlamaganlar.

Shundan so‘ng uy ichida portlash eshitilib, o‘t ochish boshlanganini aytganlar rasmiylar.

Portlash natijasida bino devori qulab tushgan.

Dog‘iston aksilterror kuchlari qorong‘u tushgani sababli hujumni to‘xtatganlari, ertalab davom ettirishga qaror qilganlari aytilgan.

Ertalab vayronalar ostida uch jangari jasadi topilgani, ulardan biri Aliasxab Kebekov ekani xabar qilingan.

U 2012 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan.

"Qofqoz amirligi"ning "Al-Qoida" bilan aloqasi bor, biroq al-Dog‘istoniy "Islomiy Davlat"ni dastaklamagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq