O‘rta yer dengizida qochqinlar o‘limiga oid xarita

Image copyright AFP
Image caption Yaqin oylar ko‘zlagan manzillariga omon-eson yetib kela olmayotgan muhojirlar soni keskin ortgan

Yunoniston vazirlaridan biri Ovro‘podagi "yirik qudratlar" O‘rta yer dengizidagi muhojirlar bilan bog‘liq inqiroz yuzasidan mas‘uliyatni ko‘proq zimmalariga olishlari kerakligini aytgan.

Mudofaa vaziri o‘rinbosari Kostas Isakidisning BBCga aytishicha, Shimoliy Ovro‘po qutqaruv ishlari va muhojirlarga boshpana berish uchun sa‘y-harakatlarni kuchaytirishi lozim.

Payshanba kuni Ovro‘po Ittifoqining ayni masalaga bag‘ishlangan favqulodda sammiti kutilmoqda. Isakidisga ko‘ra, Yunoniston, Italiya va Ispaniya bu borada bir mavqega kelish ustida ishlamoqda.

Chorshanba kuni ertalab Italiya qirg‘oq qo‘riqchilari 500dan ortiq insonni qutqarib qolib, sohilga olib chiqqanlar.

So‘nggi oylar Yaqin Sharq va Afrika davlatlari, ayniqsa, Eretriya hamda Suriyadagi urushu qashshoqlik muammolaridan yaxshiroq hayot ilinjida qochayotgan odamlar soni oshib ketgan. Katta sondagi muhojirlar dengizni kesib o‘tishga yaroqsiz qayiqlarni to‘ldirishgan.

Xalqaro Muhojirlik Tashkilotiga ko‘ra, 2015 yil o‘tgan yilning xuddi shu muddati bilan solishtirganda 30 marta ko‘p o‘lim hollari kuzatilgan. Va bu raqam 30, 000 ga chiqishi mumkin.

Quyidagi xaritada ana shunday o‘lim hollari borasidagi ma‘lumotlar aks etgan.

Image copyright BBC World Service

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio