Saudiya Arabistoni Yamanni bombalashni to‘xtatdi

Image copyright Reuters
Image caption Havo zarbalari bir oy davom etgan

Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab davlatlari ittifoqi Yamandagi isyonchilar mavqe‘lari bo‘ylab havo zarbalarini to‘xtatganini e‘lon qildi.

Ar-Riyodga ko‘ra, amaliyot o‘zining harbiy maqsadlariga erishgan.

"Hal qiluvchi po‘rtana" nomi berilgan amaliyot bir oy davom etgan.

Uning maqsadi Yaman janubidagi isyonchi husiylarning ilgarilashini to‘xtatish edi.

Ammo muxbirlarga ko‘ra, ushbu maqsadga erishilmagan.

Yangi amaliyot

Jahon Sog‘liq Tashkilotining ma‘lumotlariga ko‘ra, mart oyi oxiridan buyon Yamanda 950 ga yaqin inson halok bo‘lgan.

Bu raqamlar yamanlik shifokorlar tomonidan taqdim etilgan, ammo amalda qurbonlar soni bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligi aytiladi.

Image caption Jahon Sog‘liq Tashkilotiga ko‘ra, mart oyi oxiridan buyon Yamanda 950 ga yaqin inson halok bo‘lgan

Ayni paytda Saudiya Arabistoni "Umidni qayta tiklash" nomi ostida yangi amaliyot boshlanganini e‘lon qilgan.

Ayni amaliyot doirasida Yamandagi ziddiyatga siyosiy yechim topishga harakat qilinadi.

Amaliyot Saudiya Arabistonining o‘zida terrorizmga qarshi kurash choralarini ham o‘z ichiga olgan.

Eron Yamandagi isyonchilarga qarshi havo amaliyoti to‘xtatilishini olqishlagan va ushbu qarorni oldinga qo‘yilgan qadam, deya baholagan.

Sunniy musulmonlar tomonidan boshqariladigan Saudiya Arabistoni Tehronni shia husiy isyonchilarini dastaklashda ayblaydi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq