#O‘zbekiston: "Mening militsiyam meni asraydimi?"

Image copyright none

Facebook ijtimoiy tarmog‘ida "Voditeli Tashkenta" nomi ostida guruh bor.

Unda havaskor haydovchilar shahar ko‘chalarida boshlaridan kechirgan "tajriba"lari bilan o‘rtoqlashib, o‘zaro "maslahatlashib" turadilar.

Guruh qatnashchilari anchayin faol va muhokamalar ko‘pda "qizg‘in".

Kuni kecha "Voditeli Tashkenta"da Gulnora Imamnazarova tomonidan qoldirilgan izhorot va yordam so‘rab qilgan murojaati ham e‘tiborsiz qolmadi.

Uning yozishicha: "DAN xodimlari va dugonam o‘rtalarida janjal bo‘ldi. U mashinasida onasi va farzandi bilan ketayotganda, onasi betob bo‘lib qolgan. Dugonam dori olish uchun dorixona yonida mashinasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Dorixonadan qaytib chiqsa, uni bir nechta Yul Harakati Havfsizligi xodimlari kutib oldi. "Bu yerda to‘xtash mumkin emas" deb ayb qo‘yishibdi. Dugonam qancha yalinib yolvormasin, foydasi bo‘lmadi, vaholanki u yerda qoldirilgan mashinalar talaygina edi. Bizlarning YHH xodimlarining keyinchalik qilgan ishlari lol qoldirdi. 3 barzangi erkak ikki ayol (ulardan biri keksa) va 6 yashar bola bilan kurashish uchun yordam chaqirdilar. Yana bir to‘da polvonlar kelib, dugonamni xizmat mashinasiga zo‘rlab tiqishmoqchi bo‘lishgan. "Spark" mashinasini esa evakuatorga ichida bolasi o‘tirgan holda ortishga harakat qilishgan. Mashina jarima maydonchasiga jo‘natildi, dugonamga tan jarohatlari yetkazilgan. Hozirda ular xizmat lavozimlarini su‘istemol qilib qo‘yganlarini tushunib, uzr so‘rab, telefon va sms jo‘natib yotishipti. Dugonam Yunus-Oboddagi 17-shifoxonada davolanyapti". (Izhorotni ba‘zi qisqartirishlar bilan keltirdik - tahr)

Gulnora Imamnazarova: "Bu insonlar pogon taqib yurishga haqlimi, ularning aqli-zakovatlari, kuchlari nozikkina ayolga yetgan bo‘lsa", degan savolni o‘rtaga tashlagan.

Ushbu hodisa va savolga guruh qatnashchilari ko‘plab fikrlarni bildirganlar.

Vyacheslav Kim "bunaqalarni militsiyadan haydash kerak. Ko‘cha supirsin", deya taklif qilgan.

Timur Usmanov "Bularning adabini bermoqchimisiz? "Podrobno.uz" kabi mustaqil axborot vositalariga yozing. Shu bilan birga Prokuratura, MXX, IIVga ham. Lekin oxirigacha yetkazasizmi ishni, shuni o‘ylab ko‘ring? Sizni nima kutishini bilasizmi? Bu katta ish bo‘ladi. Shunga tayyormisiz? Haq-huquqlarni himoya qilish kerak, to‘g‘ri. Lekin qonunga muvofiq bu konfliktga nima sabab bo‘lganini xam o‘rganilib chiqiladi-ku? Ular xizmatdagi kishilar bo‘lsa... Juda chalkash holat... Arz qiling, bizlarni ham xabardor qilib turing", deb maslahat qoldirgan.

Guruhning Anwar Ishankhodjaev ismli a‘zosi esa mustaqil OAVlar mustaqilligini gumon ostiga olgan: "Timur Usmanov, odamni rosa kuldirdiz-ku, 'Mustfkil OAV'".

Vlad Gringauz "Yaxshi advokat yollab, Prokuratura va IIVga arz qiling", deydi.

Nigora Akilova "Gulnora, bu lanatini pogonsiz qoldiring. U biz to‘layotgan soliqlarni yeb, yana bunaqa ishga ham ustami hali?", deya o‘z "g‘azabi"ni izhor etgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer