Qunduz viloyatida qaqshatqich janglar

Image caption Qunduz viloyatida qaqshatqich janglar haqida xabarlar tarqalmoqda

Afg‘onistonning Tojikiston bilan chegarasida joylashgan Qunduz viloyatida mamlakat harbiy qo‘shinlari va Tolibon jangarilari o‘rtasida keskin janglar kechayotgani xabar qilinmoqda.

Tojikiston chegarasiga yaqin Sherxon Bandan va Imom Sohib tumanlarida janglar davom etar ekan, prezident Ashraf G‘ani o‘zining Hindistonga safarini kechiktirib, NATO generali Jon Kempbel bilan vaziyatni muhokama etgan.

Xabarlarga ko‘ra, mintaqada vaziyat qaltis va isyonkor jangarilar ba‘zi joylarda muvaffaqiyatga erishgan.

BBC bilan suhbatda bo‘lgan qunduzliklardan biri, sobiq mujohid Imom Sohib tumanining sakson foizi Toliblar nazorati ostiga o‘tganini aytgan.

"Men ularning tilini tushunmayman, ular xorijiy, yollanma jangarilar bo‘lishlari kerak", deb aytgan.

O‘z xavotirlarini yashirmagan bu sobiq mujohid hukumatni yetarlicha harbiy yordam bermaganlikda ayblagan va hozirgi zahiralar ikki-uch kunga yetarli bo‘lib, keyin mag‘lubiyat muqarrarligini aytgan.

Mintaqadan parlament a‘zosi doktor Naqib Foyiqning aytishicha, u prezident G‘ani bilan bir kun avval uchrashgan.

Uning aytishicha, yuzlab tanklar faqatgina buyruq kutib o‘tirgan holda, mintaqadagi vaziyatning tobora izdan chiqib borayotgani toqat qilib bo‘lmaydigan holdir. Afg‘on parlamenti a‘zosiga ko‘ra, agar zudlik bilan harbiy yordam kelmasa, unda bugun erta Faryob viloyatining markazi Maymana ham jangarilar nazorati ostiga o‘tishi mumkin.

Doktor Naqib Foyiqning aytishicha, ayni damda mintaqaga bir necha yuk mashinalarida jangarilar yetib kelmoqda.

Mintaqada Tolibon bilan bir qatorda O‘zbekiston Islomiy Harakati ham so‘nggi yillarda ancha faollashgani aytiladi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq