Alisher Usmonov Britaniya boylar ro‘yxatida yana pastlagan

Image copyright PA
Image caption Leonard Blavatnik(chapda) Gopi(o‘ngda) Hinduja va akasini ortda qoldirgan

Londonda nashr etiladigan The Sunday Times ro‘znomasi o‘zining yillik boylar ro‘yxatini e‘lon qilgan.

Bu yil Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni amerikalik biznesmen deb ko‘riladigan Leonard Blavatnik 13,17 milliard funt yoki 19,91 milliard dollar bilan egallagan.

Ikkinchi o‘rinda Hinduja Group biznesini boshqaradigan aka-uka Sri va Gopi Hindujalar egallagan.

Aka-uka Hindujalarning umumiy boyligi 13 milliard funt yoki 19,65 milliard dollarni tashkil etgan.

Uchinchi o‘rinda chakana savdo tarmoqlarining sohibi hisoblangan Galen va Jorj Vestonlar.

Ularning boyligi 11 milliar funt yoki 16,63 milliard dollarga teng deb ko‘rilgan.

2013 yilgi ro‘yxatda 13.3 milliard funt sterling (20.26 milliard dollar) bilan Britaniya va Irlandiyaning eng boy odami deb topilgan Alisher Usmonov 2015 yilgi ro‘yxatda to‘rtinchi o‘rinni egallagan.

Janob Usmonov aktivini Britan ro‘znomasi bu yil 9,8 milliard funt(14,88 milliard dollar) deb baholagan.

2014 yili aka-uka Hindujalar ro‘yxatning birinchi o‘rnini, Alisher Usmonov ikkinchi o‘rnini egallagan edi.

O‘tgan yili janob Blavatnik Britaniya boylarining to‘rtinchisi deb topilgan edi.

"Chelsi" futbol klubi sohibi, rossiyalik biznesmen Roman Abramovich bu yilgi Britaniya eng boy odamlarining o‘ninchisi bo‘lgan.

Image copyright Getty
Image caption Alisher Usmonov 2015 yilgi boylar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinni egallagan

Janob Abramovich bir yil davomida 1 milliard 230 million funt sterling yo‘qotgani va hozirga kelib uning boyligi 7,29 milliard funt(11,02 milliard dollar)ga teng ekani aytilgan.

Britaniyaning eng boy odamlari ro‘yxatiga kirish uchun 100 million funt sterlingga ega bo‘lish kerak.

2014 yilda bu ro‘yxatdagi badavlat insonlar soni 104 tani tashkil qilgan.

Bu yil esa boylar yanada boyib ro‘yxatdagi boylar 117 nafarga yetgan.

Ularning jami boyligi 547 milliard funt sterling yoki 830 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Leonard Blavatnik 1957 yilda SSSRda tug‘ilgan.

Moskva shahrida o‘rta maktabni tugatgan.

1978 yili AQShga ketgan.

U Access Industries investitsiya kompaniyasini boshqaradi.

Bu shirkat turli sohalarga sarmoya kiritadi, bular neft qazib olish, metallar, raqamli ommaviy axborot vositalari shirkatlariga tegishli.

Leonard Blavatnik Warner Music ovoz yozish shirkatining sohibi hisoblanadi va boshqa qator loyihalarda o‘z ulushlariga ega.

U Nyu-York va Londonda muntazam istiqomat qiladi deb ko‘riladi.

Shuningdek, janob Blavatnik Oksford universitetiga 75 million funt xayriya qilgani bilan ham tanilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq