Vladimir Klichko keyingi gal Tayson Fyuri bilan ringga chiqmoqchi

Image copyright Getty

O‘zining chempionlik kamarini 18-marta muvaffaqiyat bilan himoya qilishga qodir bo‘lgan ukrainalik bokschi Vladimir Klichko o‘zining keyingi raqibi britaniyalik Tayson Fyuri bo‘lishini e‘lon qildi.

Xalqaro boksdagi WBA, IBF, WBO va IBO tasnifidagi belbog‘lar sohibi 39 yoshli Vladimir Klichko bu haqda navbatdagi g‘alabasi ortidan ma‘lum qilgan.

25 aprel tunida Nyu-Yorkning mashhur "Medison Skver Garden" boks saroyida Klichko amerikalik Brayant Jennings bilan ringga tushdi, u o‘zining og‘ir vazndagi IBF, WBO va WBA belbog‘larini himoya qildi.

Jang 12 raund davom etdi.

Unda Klichko ochkolar bo‘yicha Brayant Jennings ustidan g‘alaba qozondi.

Hakamlar bergan ochkolariga ko‘ra, Klichko Jenningsni 116-111, 116-11 and 118-109 hisobi bilan yenggan.

Jangdan keyin Vladimir Klichko o‘zining keyingi raqibi Tayson Fyuri bo‘lishi haqida hozirgina xabar qilishganini aytgan.

26 yoshli Tayson Fyuri Vladimir Klichkodan WBO tasnifidagi belbog‘ni "tortib olish" uchun ringga chiqadi.

Image copyright Getty

"O‘ylaymanki, bu jang Ovro‘poda o‘tkazilishi kerak", deb aytgan ukrainalik chempion.

Vladimir Klichko Brayant Jenningsga yuqori baho bergan.

"Jennings og‘ir vaznlilarning ko‘pini uradi. U qattiq kurashchi", deb aytgan Klichko.

Brayant Jennings esa Klichkoning jang taktikasini tanqid qilgan.

"Har safar hujumga o‘tmoqchi bo‘lganimda, u(Klichko)qo‘limni ushlab qolaverdi", deb aytgan amerikalik bokschi.

Tayson Fyuri Vladimir Klichkodan ham og‘ir.

Klichkoning vazni 110 kilogrammni, bo‘yi 1 metr 98 santimetrni tashkil qiladi.

Tayson Fyurining vazni 119 kilogramm, bo‘yi 2 metr 6 santimetr.

Vladimir Klichko Fyuri bilan jang yo Olmoniyada, yoki Britaniyada o‘tkazilishi bo‘yicha bir qarorga kelinishi lozimligini aytgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq