Rossiya imperiyasi istilosi: Oshobani qon va shonga belagan 1875 yil

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

1864 yilda Rossiya imperiyasi Chimkentni qirg‘in bilan bosib olishi ortidan Markaziy Osiyoning shaharu qishloqlarini birin-ketin qonga botirib ishg‘ol qiladi.

Rossiya tarixida eng uzoqqa cho‘zilgan Turkiston istilosida millionlab begunoh insonlar qurbon bo‘ladi.

Markaziy Osiyo va yo Turkiston ruslarga osongina taslim bo‘lmaydi.

1875 yilda Farg‘ona vodiysining (hozirda Tojikistondagi Asht tumanida joylashgan) Oshoba qishlog‘ida ro‘y bergan voqealar haqida ma‘lumotlar ko‘p emas.

Ammo, Oshoba rus generali Skobelevning mudhish tushiga aylanadi.

To‘rt karra hamla qilib ham ruslar bu qishloqni ishg‘ol qilisholmaydi.

Minglab farzandlarini qurbon bergan Oshoba Rossiya imperiyasi nazorati ostida bo‘lgan Farg‘ona vodiysida o‘ziga xos "mustaqillikka" erishadi.

Rossiya imperiyasining istilosi haqida "Qonga belangan tarix" turkum videolavhalarimizning navbatdagisida Oshoba qishlog‘i haqida hikoya qilinadi.

Loyiha va lavhalar muallifi: Xayrullo Fayz

Oshoba videotasvirchisi: Xayrullo Xo‘jayev

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio