Indoneziyada giyohvand moddalarni tashishda ayblanganlar qatl etildi

Image copyright BBC World Service
Image caption Qatl etilgan Avstraliya fuqarolari Endryu Chan va Myuran Sukumaran

Indoneziyada giyohvand moddalarni mamlakatga noqonuniy yo‘lda olib kirishga harakat qilganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan 8 xorijiy qatl etildi.

Qatl amaliyoti chorshanba kuni tunda amalga oshirilgan.

Qatl etilganlar orasida 2 Avstraliya, 1 Braziliya, 3 Nigeriya, 1 Indoneziya va 1 Gana fuqarosi bor.

Avstraliya ushbu amalga javoban Indoneziyadagi o‘z elchisini chaqirib oldi.

Huddi shu kabi jinoyatlarda ayblangan Filipin va Fransa fuqarosi oxirgi daqiqalarda avf etilgan.

Indoneziya Bosh Prokurori qatlni yoqlab, mamlakat giyohvand moddalar savdosiga qarshi "urush" olib borayotganligini aytgan.

Image copyright Reuters
Image caption Qatl etilganlarning jasadlari tez yordam mashinalarida olib ketilgan

Qatldan avval mahbuslarning yaqinlari bilan uchrashishlariga izn berilgan.

Xabarlarga ko‘ra, qatl etilganlar ko‘zlarini bog‘lashdan bosh tortganlar va oxirgi daqiqalarga qadar birgalikda qo‘shiq aytishgan.

Qatldan so‘ng bir necha tez yordam mashinasida ularning jasadlari o‘zlari tanlagan dafn yerlariga olib ketilgan.

Qatl etilgan Brazilyailkning oila a‘zolari u ruhiy kasal bo‘lganligi va o‘lim jazosiga hukm etilmasligi kerakligini aytishgan.

Braziliya hukumati chiqargan bayonotda aytilishicha, "Indoneziya tomoni prezident Dilma Roseffning iltijosini nazarga olmagan".

O‘limga hukm etilgan Fransa fuqarosining appelyatsiyasi hanuz ko‘rib chiqilayotgani aytilgan.

Fransa hukumati "har qanday sharoit va sabablar tufayli o‘lim jazosiga qarshi ekanligini" bildirgan.

Indoneziyada giyohvand moddalar savdosiga qarshi jahondagi eng qat‘iy qonunlar mavjud bo‘lib, 2013 yili to‘rt yil mobaynida davom etgan o‘lim jazosiga moratoriy bekor qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer