Ramzan Qodirov Nemtsov qotilligi bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyor

Image copyright AP
Image caption "Ko‘rsatma berishga tayyorman..."

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov taniqli muxolifat lideri Boris Nemtsovning o‘ldirilishi yuzasidan ko‘rsatma berishga tayyorligini aytgan.

"Men bu borada bajonidil ko‘rsatma beraman, muammo bo‘lishi mumkin emas. Ayniqsa, buni Nemtsovning farzandlari talab qilayotgan bo‘lsa", deb aytgan Ramzan Qodirov "Govorit Moskva" radiosi bilan suhbatda.

Shu bilan birga Checheniston rahbari marhum muxolifat liderining himoyachilarida unga nisbatan qanday savollar bo‘lishi mumkinligi bilan qiziqqan.

Boris Nemtsov 27 fevral tunida Kreml ostonasida o‘ldirib ketilgandi.

Uning o‘limiga aloqadorlik gumonlari bilan besh nafar chechenistonlik hibsga olingan.

Nemtsov o‘ldirib ketilganidan ko‘p o‘tmay Instargram ijtimoiy tarmog‘ida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Zaur Dadayevni taqvodor musulmon deb maqtagan, Zaur Dadayevni Charlie Hebdo frantsuz hajviy jurnalida Muhammad Payg‘ambar(SAV) karikatura qilingani larzaga solgan, deb yozgan edi.

Zaur Dadayev o‘zini qiynoqlarga solinganini aytgan va qotillikni bo‘yniga olmagan.

Boris Nemtsov safdoshlari qotillik ijrochilari bilan birga qotillik buyurtmachilarini ham topish lozimligini ta‘kidlaganlar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq