Britaniya saylovlarida tashqi siyosat qanchalar muhim o‘rin tutadi?

Britaniya umumiy saylovlariga sanoqli kunlar qolar, saylovoldi targ‘ibotlarida tashqi siyosat haminqadar tilga olinmoqda.

Ed Milibandning o‘tgan juma kuni Chatxam Xouzda so‘zlagan nutqi O‘rta yer dengizida ortib borayotgan muhojirlar o‘limiga kim javobgar qabilidagi bahsu munozaralarni urchitib yubordi.

Ammo, Britaniyaning navbatdagi hukumati tashqi siyosat bo‘yicha anchayin mushkul davrni yashashiga to‘g‘ri keladi. Ya‘ni, 2001 yil 11 sentyabrdan buyongi eng murakkab davrni...

Shu bois, Britaniya siyosatchilari og‘iz ko‘pirtirib gapirilayotgan iqtisodiy dasturlariga biroz tin berib, mamlakat istiqboli va xavfsizligi uchun o‘ta muhim tashqi siyosatdagi beshta nuqtaga e‘tibor qaratishgani maqsadga muvofiq ko‘riladi.

Yaqin Sharq

Image copyright AP
Image caption Joriy Bosh vazir Devid Kamerun

Birinchisi - Yaqin Sharqdagi bir-biriga chatishib ketgan muammolar to‘ridan chiqib ketish masalasi.

Navbatdagi hukumat Eron yadroviy dasturi bo‘yicha so‘nggi shartlarni muhokama qiladigan tomonlardan biri bo‘ladi.

Ayni mavzuda kelishuvga erishilsa, keyingi bosqich mintaqaviy xavfsizlikka oid keng ko‘lamli muzokaralar bo‘ladi.

Image copyright AFP
Image caption Eron bilan yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralarda hali ham yakuniy yechim qaror topgani yo‘q

Ammo, Eron bilan bitim Saudiya Arabistoni va boshqa sunniy ittifoqchilar bilan munosabatlarda tanglikni kuchayishi ham mumkin.

Xullas, bir tomonda Eron va uning Suriya, Livan, Yaman kabi ittifoqchilari, ikkinchi tarafda sunniylar... qaysidir o‘rtaliqda esa, Iroq...

Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashi boshqa a‘zolari kabi Fors ko‘rfazidagi davlatlar xavfsizligiga kafil tomonga ham aylanishi mumkin.

Boshqa tarafda esa, "Islomiy Davlat" guruhiga qarshi kurash bor. Britaniya xalqaro koalitsiyaning bir bo‘lagi sifatida jangari guruhga qarshi havo hujumlaridagi o‘rnini saqlab qolishi kerak.

Image copyright EPA
Image caption Ed Miliband

Mintaqada vaziyat yomonlashaversa, muhojirlar muammosi ham kattalashadi. Britaniya o‘z sohillariga kelib bosh urayotgan qochqinlar muammosini hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Bugun yuzlab deyilayotgan qochqinlar soni o‘n minglabgacha ortishi mumkin.

O‘rta yer dengizida qochqinlar g‘arq bo‘lishini to‘xtatishga qaratilgan qutqaruv amaliyotlarida Britaniya ham o‘z hissasini qo‘shishi kutiladi.

Britaniya, shuningdek, mart oyida bo‘lib o‘tgan saylovda Benyamin Netanyahuning g‘alabasi ortidan ishg‘ol ostidagi Falastin hududlarida vaziyat yomonlashmasligiga umid qiladi.

Falastinliklar ikki davlatchilik yechimidan voz kechishlari ehtimoli Britaniyani, qolaversa, Ovro‘po Ittifoqidagi boshqa davlatlarni mushkul ahvolga qo‘yishi mumkin.

Image caption Ittifoq orasida jazo choralarining qiymati va samarasi yuzasidan qarama-qarshi fikrlar mavjud

Rossiyaga qarshi jazo choralari

Ikkinchi masala - Ukrainadagi qarama-qarshiliklardagi roli uchun Rossiyaga qarshi joriy qilingan jazo choralari. Bu sanktsiyalar yangilanishi kerakmi?

Agar Ukraina sharqida otashkesim kuchda qolsa, Ovro‘po Ittifoqiga ushbu jazo choralarini bekor qilish yuzasidan bosim kuchayadi.

Garchi, Minsk kelishuvi to‘la amalga tadbiq etilmagan va Ukraina o‘zining Rossiya bilan chegaralariga nazorat o‘rnatmagan holatda ham Ovro‘po Ittifoqi bosim ostida qolishi tayin.

Ittifoq orasida jazo choralarining qiymati va samarasi yuzasidan qarama-qarshi fikrlar mavjud.

Hozirgacha Angela Merkel o‘ta zaif birlikka yalovbardorlik qiladi. Ammo, agar u OIning Prezident Putinga qarshi qattiqqo‘l yondashuvini saqlab qolmoqchi ekan, Britaniyaning dastagiga ehtiyoj sezishi tayin.

Iqlim o‘zgarishi

Xavfsizlikka bog‘liq ushbu ikki yirik masala yonida boshqa qator xalqaro mohiyatga ega muammolar turibdi.

Ulardan biri - iqlim o‘zgarishi... Dekabr oyi mazkur masalaga bag‘ishlangan xalqaro sammit rejalangan. Britaniya iqlim o‘zgarishi muammosiga qarshi kurashda yetakchilardan bo‘lib keladi. Va Britaniyaning global miqyosda ko‘mirdan foydalanishni to‘xtatishga oid g‘oyalari Parij anjumanida muhim takliflar sifatida ko‘tarilishi mumkin. Asr oxirigacha, global harorat ko‘tarilishini 2 darajaga ushlab turishga oid kelishuv hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.

Savdo-sodiq muzokaralari

Kun tartibidagi to‘rtinchi asosiy masala bu - 2016 yil boshlariga qadar Transatlantik savdo-sotiq va hamkorlik sarmoyasi deb nomlangan kelishuvni qo‘lga kiritishdir. Ya‘ni, AQShdagi prezidentlik saylovi hal qiluvchi pallaga kirgunga qadar bunga ulgurish ko‘zda tutilgan. Britaniya

Britaniyaning koalitsion hukumati Transatlantik savdo-sotiq va hamkorlik sarmoyasining yalovbardorlaridan biri bo‘lib keldi. Va bu kelishuv qarzsiz iqtisod turki beruvchi va Xitoyning xalqaro iqtisodiy qudrati kuchayishini muvozanatga soluvchi geosiyosiy chora sifatida ko‘riladi.

Ammo, mazkur bitim Ovro‘po Ittifoqi, jumladan, Britaniyada keskin qarshilikka duch kelmoqda. Aksariyat saylovchilarda AQSh shirkatlari bundan Ovro‘poning ijtimoiy va atrof - muhitni himoya qilish ko‘rsatkichlariga putur yetkazishda foydalanishi mumkin degan ishonchsizlik bor.

Xitoy

Buning aksi o‘laroq, Britaniya va Ovro‘podagi saylovlarchilar beshinchi masala: Xitoy ta‘siri o‘siishiga beparvo ko‘rinishadi. Buyuk Britaniya hukumati Ovro‘po Ittifoqi bozorlariga Xitoy sarmoyasi kirib kelishi olqishlaydi.

Britaniya hukumati Ovro‘po bozorlarida Xitoy sarmoyalari kirishini xushqarshilaydi.

Ammo, Xitoyning sarmoya manbai sifatida ahamiyati ortib borayotgani uning Janubiy Xitoy dengizidagi qator kichik orollarga egalik da‘volari bilan hamohang kechmoqda.

Image copyright Getty

Britaniya Xitoyning iqtisodiy imkoniyatlariga diqqat qaratayotgan bir paytda, Yaponiya xavfsizlik bo‘yicha mintaqadagi hamkori bo‘lgan britan hukumatidan faollik istaydi.

Ayni paytda mintaqa xavfsizligiga asosiy kafil AQSh ekan, Britaniyaning yangi hukumati ba‘zi mushkul qarorlarni olishiga to‘g‘ri keladi. Ya‘ni, ko‘ndalang turgan savol - ittifoqda birdamlikni saqlab qolish evaziga o‘z iqtisodiy imkoniyatlarni xatar ostiga qo‘yish kerakmi?

Bu muhim besh masala, agar Konservativ partiya qudratga kelsa, bir ma‘noda unutiladi, chunki aynan shu partiya Britaniyaning OI qolish qolmasligini referendumga qo‘ymoqchi...

Bu holatda esa Britaniya vazirlari xalqaro muhim masalalar to‘plamiga e‘tibor qilish uchun juda oz vaqt ajratishlariga to‘g‘ri keladi.

Buning o‘rniga Ovro‘po Ittifoqidagi davlatlar bilan Ittifoqda qolish uchun kampaniyalariga lozim bo‘lgan eng maqbul kelishuvlar uchun kurashadilar.

Agar bunday bir kelishuvga erishilsa, unda vazirlar yana bir muammo bilan to‘qnashadilar. Bu Ovro‘po Ittifoqiga nisbatan ishonchsiz munosabatda bo‘lgan saylovchilarga nima uchun Ittifoqda qolish Britaniya uchun manfaatli ekaniga ishontirish kabi mushkul bir vazifadir...

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio