O‘zbekistonda "ishchilar sinfi" qoldimi?

Image caption O‘zbekistonlik "ishchilar sinfi" Rossiyaga yo‘l olgan

O‘zbekistonda Sho‘rolar davrida "gullab-yashnagan" va mamlakatda "ishchilar sinfi" degan alohida qatlamni shakllantirgan zavodu fabrikalar birin-ketin kasod uchramoqda.

Toshkent traktor zavodi, samolyotsozlik sanoat birlashmasi, "Toshselmash", "Toshximmash", "Algoritm"...xullas, mamlakat bo‘ylab bu ro‘yxatni yana davom ettirish mumkin.

Sho‘rolarning qulashi arafasida, 1991 yilda ayrim ma‘lumotlarga tayanilsa, birgina Toshkentda turfa zavodu fabrikalar 200 mingdan ortiq o‘zbekistonliklarni ish bilan ta‘minlagan.

Mutaxassislarga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda "ishchilar sinfi" degan qatlam deyarli yo‘q bo‘lgan.

Oqibatda turfa texnik sanoat yo‘nalishlarida ta‘lim tizimi ham kasodga uchramoqda.

Mustaqillik yillarida voyaga yetayotgan avlod orasida duradgorlik, mashinasozlik va ishlab chiqarish sanoatida o‘z kasbi ustalari barmoq bilan sanoqli ekani aytiladi.

Millionlab o‘zbekistonliklar ish axtarib xorijga, asosan Rossiyaga chiqib ketishgan.

Sobiq ishchilar bugun nimalar bilan band?

Muhammadyoqub Hamroyev muqaddam marmar ishlab chiqarish shirkatining rahbari bo‘lgan.

Uning aytishicha, yirik zavodlarning kasodga uchrashiga rahbarlarning layoqatsizligi sababdir.

Buning oqibatida esa millionlab o‘zbekistonliklar vatanni ish qidirib tark etishmoqda.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq