"Islomiy davlat" 300 yazidiyni qatl etgan

Image copyright AP

"Islomiy davlat" jangarilari bir necha yuz yazid asirlarini 1 may kuniqatl etgan, deb xabar beradi Iroq rasmiylari va yazidiylar vakillari.

O‘ldirilgan diniy ozchiliklarning soni 300 ekani xabar qilinmoqda.

Iroq Vitse-prezidenti Usoma al-Nujayfiy qotillikni "jirkanch va yovvoyilik" deb atagan.

Minglab yazidiylar o‘tgan yili jangarilar qo‘liga tushganlar.

Ularning qay tarzda va aynan nega shu paytda o‘ldirilganlari noma‘lum, deydi BBCning Yaqin Sharq bo‘yicha muxbiri Alan Jonson.

Yazidlarning aksariyati 2014 yilda "Islomiy davlat" jangarilari Iroqning shimoli va g‘arbiy qismi, Suriyaning sharqiy hududlarini bosib olgan paytda asirga olinganlar.

Image copyright AFP

O‘zlarini sunniy musulmonlar deb biladigan "Islomiy davlat" jangarilari yazidiylarni dindan qaytganlar deb biladi va shafqatsiz munosabatda bo‘ladi.

Yazidiylik dinida qadimgi hindlar va otashparastlarning urf-odatlari, nasroniylik va musulmonlikning unsurlari bo‘lib, ularga majusiylar deb qaraladi.

O‘tgan yil bahorida yashab turgan hududlari "Islomiy davlat" jangarilari tomonidan bosib olingach, minglab yazidiylar kurdlar nazorati ostidagi shimoliy Nineviya tumaniga qochib o‘tganlar.

Yuzlab odamlar o‘ldirilgan, ko‘plab ayollar jinsiy zo‘rlangani va qul qilinganlari haqida xabarlar tarqalgan.

Hozir ham katta hududlar "Islomiy davlat" nazoratida bo‘lsada, kurd qo‘shinlarining harbiy amaliyotlari "Islomiy Davlat" qo‘lidan ancha hududlarni tortib olish imkonini berdi.

Image copyright AFP

Sinjar tog‘i atorfida jangarilar qamalida qolgan minglab yazidlar kurd kuchlari tomonidan ozod qilingan.

Xabarlarga ko‘ra, Shanba kuni Bag‘dodning shialar istiqomat qiladigan Karrada tumanida avtomobil portlatilishi natijasida kamida 13 kishi qurbon bo‘lgan.

G‘arbiy Anbar viloyatining Garma shahrida ham minalashtirilgan avtomobil portlab, olti Iroq askari halok etilgan.

Shafaq News kurd sayti xabar qilishicha, juma kungi qotillikni keskin qoralagan Yazid Taraqqiyot partiyasi Iroq kuchlarini islomiy jangarilar qo‘lida qolayotgan yazidiylarni ozod qilishga chaqirgan.

Image copyright AP

Yanvar oyida Kirkuk shahri yaqinida qariyb 200 keksa yazidiylar kurd rasmiylari vositachiligida ozod etilganlar.

Oxirgi oylarda jangarilar bir qadar orqaga chekingani kuzatilmoqda.

Biroq hali ham ko‘plab tumanlar jangarilar nazorati ostida ekani aytiladi.

Dekabr oyida Kurd kuchlari Iroq shimoli g‘arbida joylashgan Sinjar tog‘ida minglab yazidiylarni jangarilar qamalidan qutqarishga erishganlar.

Iroq hukumati Eron kuchlari yordamida aprel oyida Tikritni qayta o‘z nazoratiga olganini bildirgandi.

Ma‘lumotlarga qaraganda, dunyo bo‘ylab 500 mingga yaqin kishi Yazidiylikka e‘tiqod qiladi.

Yazidiylarning katta qismi Iroqning Nineviya tumanida yashab kelishgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq