BBC mehmoni shoir va jurnalist Sanjar Yanishevga savol bering‏

Image copyright BBC World Service

Sanjar Yanishev 1972 yil Toshkentda tug‘ilgan.

Toshkent Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatgan.

She‘rlari "Oktyabr", "Znamya", "Novy jurnal", ""Novaya Yunost", "Arion", "Drujba narodov", "Novy mir" kabi jurnallarda bosilgan.

Shuningdek, Yanishevning ijod namunalari " 10/30. O‘ttiz yoshlilar" "To‘qqiz o‘lchov", "Diapazon" va boshqa to‘plamlarga kiritilgan.

U Markaziy Osiyoda rus she‘riyati haqidagi "Kichik ipak yo‘li" almanaxining hammuallifi sifatida 1999-2004 yillar orasida Moskva va Toshkentda 5 ta sonini nashrdan chiqarishda qatnashgan.

Sanjar Yanishev ilk bor ikki tilda chiqarilgan "Anor - Granat" nomli zamonaviy o‘zbek antologiyasining tuzuvchisi hisoblanadi.

Sanjar Yanishev toshkentlik taniqli mustaqil jurnalist Sid Yanishevning ukasidir.

Shoir o‘z ijodiy ishlari uchun 2001 yilda "Triumf", 2003 yilda "Oktyabr" jurnali mukofotlari bilan taqdirlangan.

Ayni paytda Moskvada yashab, ijod qilib keladi.

Sanjar Yanishevga savollaringizni quyidagi forma orqali va uzbek@bbc.co.uk elektron pochtasiga jo‘natishingiz mumkin.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq