Mamadali Mahmudov: bu matbuot bilan davlat rivojlanmaydi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

3 may - Jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatini qamoqdagi jurnalist Muhammad Bekjonni ozod qilishga chaqirgan.

1 may kuni Vashingtonda o‘tgan brifingda AQSh Davlat departamenti voizi Jeff Ratke shuningdek, O‘zbekistonda jurnalistlarning qo‘rqmasdan o‘z kasblari bilan shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratib berishga chiqargan.

1999 yildagi Toshkent portalshlarida ayblangan Muhammad Bekjonning 12 yilik qamoq muddati nihoyasiga yetganiga qaramay, unga yana 5 yil qo‘shib berilgan.

61 yoshli Muhammad Bekjon muhojirotdagi muxolifat rahbari Muhammad Solihning ukasidir.

Taniqli adib Mamadali Mahmudov Muhammad Bekjon bilan birga ayblanib, 14 yillik qamoqdan so‘ng 2013 yil aprelida ozodlikka chiqarilgan.

U Muhammad Bekjon ozod etilishi va O‘zbekistonda matbuot erkin bo‘lishi kerakligini aytadi.

"Muhammad Bekjon juda kamtar, kamsuqum inson. Hech qanaqa siyosiy aybi yo‘q. Akasi uchun o‘tiripti u", deydi Mamadali Mahmudov.

"Butun dunyoda qamoq muddati tugaganidan keyin javob beriladi", deydi yozuvchi.

Lekin O‘zbekistonda mahkama hukmida e‘lon qilingan muddat tugab ketgan bo‘lsa ham mahkum muddati qo‘shib berilaveradi.

Chunki mahkumni "tepaga yomonlaydi-da o‘tirganlar", deydi Mamadali Mahmudov.

U Rashidjon Qodirov O‘zbekiston Bosh prokurori lavozimidan chetlatilganidan keyin, boshqa kuchishlatar tashkilotlardan ham "odamlar ishdan olinayotgani" munosabati bilan tozalanish, yangilanish bo‘lishiga umid qilayotganini aytgan.

O‘zbekiston matbuotida esa o‘zgarish bo‘lishiga ishonmaydi yozuvchi.

"Gazetalarni o‘qib bo‘lmaydi. Ularni o‘zbek xalqi o‘qiydigan, oddiy xalq o‘qiydigan gazetalarga aylantirish kerak", deydi Mamadali Mahmudov.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio