Murojaatlar haqidagi yangi qonundan asl muddao nima edi?‏

Image caption "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari haqida"gi qonuni o‘tgan yili noyabrida parlament tomonidan qabul qilingan

Taniqli o‘zbekistonlik inson huquqlari faoli Yelena Urlayevaga ko‘ra,O‘zbekistonning murojaatlar haqidagi yangi qonuni inson haqlarihimoyachilarining faoliyatini cheklash maqsadini ko‘zlagan.

Yangi qonun inson haqlari himoyachilarini oddiy fuqarolar nomidan rasman shikoyat qilish huquqidan mahrum etgan.

O‘zbekistonning "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari haqida"gi qonuni o‘tgan yili noyabrida parlament tomonidan qabul qilingan, 3 dekabrda Prezident Karimov ma‘qullagan.

Bir necha kun oldin Yelena Urlayeva norasmiy O‘zbekiston Inson huquqlari himoyachilari Alyansi nomidan Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligiga shikoyatlar bilan murojaat qilgan.

Shikoyatlar alyansdan yordam so‘rab kelgan oddiy fuqarolar nomidan bitilgan.

Biroq prokuratura va Ichki ishlar vazirligida shikoyatlarni qabul qilmaganlar, amaldorlar bunda O‘zbekistonning murojaatlar haqidagi yangi qonuniga tayanib ish ko‘rayotganlarini aytganlar.

Hujjatlarni qabul qilmaslikda O‘zbekiston Rsepublikasining "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida"gi qonunning oltinchi bandiga tayanib ish ko‘rayotganlarini aytdilar. Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan va Prezident Islom Karimov 2014 yil 3 dekabrida imzolagan.

BBC: O‘sha oltinchi bandda nima deb yozilgan?

Yelena Urlayeva: Bu band "Murojaatlarga qo‘yiladigan talablar" deb nomlanadi va unda aniq-taniq qilib ko‘rsatib qo‘yilgan: jismoniy va yuridik shaxslar nomidan murojaat qiladigan vakillardan ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjat talab qilinadi.

BBC: Nima uchun siz O‘zbekistonning yangi qonuni inson huquqlari faollarini oddiy fuqarolarni qilishdan mahrum etadi, degan xulosaga keldingiz?

Yelena Urlayeva: Bundan oldin "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun amalda edi. Va o‘sha qonunga binoan bizdek inson huquqlari himoyachilari, xususan men, boshqa insonlar nomidan yoki bizga xabari yetib kelgan jinoyatlar ustidan shikoyat qilishimiz mumkin edi. Biz insonlarning o‘zlarining shikoyatlari, qonun buzilishi faktlari, insonlari o‘limi, qiynoqqa solinish holatlari haqida rasmiy idoralarga murojaat qilish huquqiga ega edik. Biz yozma murojaat qilardik yoki ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilardik. Ba‘zan bizning murojaatlarimizga talab qilinadigan, ba‘zan esa nomiga bir varaq qog‘ozda javob xati olardik. Ba‘zan bizning murojaatlarimiz tekshirishlarga turtki bo‘lar va bu haqda bizni boxabar qilishar edi. Qisqa qilib aytadigan bo‘lsam, bizning murojaatlarimiz qabul qilinar, ularga javoban birorta amal bo‘lardi. Biroq bizga prokuraturada ko‘rsatishgan yangi qonun bizni yuqoridagi kabi amallardan bizni mahrum qiladi. Yangi qonun inson huquqlari himoyachilarining faoliyatini butkul chegaralaydi. Ko‘p oddiy insonlarning shaxsan prokuraturaga kelish, shikoyat arizasi bilan murojaat qilish imkoniyati yo‘q. Misol uchun, Qoraqalpog‘iston Toshkentdan juda uzoq va qoraqalpog‘istonliklarga biz yordam ko‘rsatar edik. Endi biz oddiy odamlarga ko‘mak berolmaymiz.

BBC: Qanday asosga asoslanib sizlarni oddiy fuqarolarga yordam berishdan mahrum etadi bu yangi qonun?

Yelena Urlayeva: Chunki mustaqil inson huquqlari himoyachilari rasman ro‘yxatdan o‘tmaganlar va vakolatlari yozib qo‘yilgan hujjati yo‘q. Bizning o‘z muhriga ega tashkilotimiz yo‘q. Biz - mustaqil inson haqlari faollari yangi qonunning oltinchi bandida yozilgan o‘z vakolatimizni tasdiqlaydigan hujjatni taqdim eta olmaymiz. Bunday holatdan hokimiyatdagilar manfaat ko‘radilar. Biz shu paytgacha qiynoqlar muammolarini, insonlarning o‘limi xabarlari haqida, tutqunlikda bo‘lgani uchun o‘zining og‘ir ahvoli haqida yoza olmaydigan mahkumlar nomidan yozma murojaatlar qilib kelganmiz. Bundan keyin esa bizning arizamizni qabul qilmay qo‘yaverishadi va bunday qonun buzilishi hollari ham tergov qilinmay qolib ketaveradi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq