Salmon Xon besh yilga qamaldi

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Hindiston mahkamasi Bollivud yulduzi Salmon Xonni 5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. U 2002 yil Mumbayda uysiz bir odamni urib ketib, o‘ldirishda aybdor topilgan.

2002 yil sentyabr: Salmon Xonning avtomobili Mumbay ko‘chasida uxlab yotgan besh kishini bosib ketishi oqibatida bir uysiz hayotdan ko‘z yumgan, 4 kishi jarohatlangan;

2002 yil oktyabr: Salmon Xon odam o‘ldirish ayblovi bilan hibs qilingan, keyin garov puli evaziga qo‘yib yuborilgan;

2003 yil marti: Hakam uning odam o‘ldirish aybloviga qarshi shikoyat arizasini rad qilgan;

2003 yil iyun: Mumbay mahkamasi qotillik ayblovini bekor qilgan; Aktyor tezlikni oshirish va e‘tiborsiz avtomobil boshqarishda ayblovi bilan mahkamaga tortilgan;

2007 yil oktyabr: Bosh guvoh olamdan o‘tgan;

2015 yil mart: Salmon Xon mahkamada gapirar ekan, hodisa yuz bergan mahal mast bo‘lmagani va haydovchisi mashinani boshqarib ketayotgan bo‘lganini aytgan;

2015 yil may: Salmon Xon aybdor topildi va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq