G‘alaba bayramida "Oltin kosa"li bo‘lib qolgan 96 yoshli onaxon haqida

Image caption "Oltin kosa" bilan chalkashtirmang!

Aslida esa... "oltin" kosalar oltin emas edi.

Aslida yoshingiz salkam 100 da bo‘lsa, oltin kosani nima ham qilardingiz, ayniqsa O‘zbekistonda...

Shunda ham kosalaringiz oltin bo‘lmasa ham, hech qursa uch-to‘rtta paxtagulli piyola bilan siylashsa edi onaxonni!

Ammo...plastik qutilarda 10 ta qaynagan suvda "pishib" qoladigan, kimyoviy moddalar bilan to‘yintirilgan "allamabalo" tezpishar, quritilgan taom olib kelib berishsa va bu ham yetmaganday, "ana, ko‘rib qo‘yinglar, qariyalarimizga qanaqa mehribonmiz" qabilida maqtanchoqlik bilan internet nashrida xabar bervorishsa...oradan ko‘p o‘tmay bu xabarni ham olib tashlashsa va yana tasavvurga erk bersak, o‘sha onaxonga aylanib qolsangiz, uydagi eng eski, ehtimolki sopol kosani olib, shunaqa "xayriya" qilganning kallaginasiga boooooplab tushirgan bo‘lmasdingiz?

Men miriqib tushirardim, kosa bo‘lmasa, hech qursa labi uchgan piyola bilan...

Image caption Tezpishar "Oltin kosa"

Yana aytayversam... bu "Olti kosa" degan tezpishar "taom"ning narxi 800 so‘m!

Ehtimol, "ha, endi e‘tibor muhim-da, og‘ayni" deydiganlar bordir oramizda, lekin e‘tiborgingdan aylanay, "Keksalarni e‘zozlash" yilida, G‘alabaning yetmish yilligida va yana 96 yoshga kirgan onaxonga o‘n quti "Olti kosa"!

Shunaqa e‘tiborni "Keksalarni e‘zozlash yili" deb e‘lon qilib qo‘ygan muallifga va uning rafiqasiga ko‘rsatsangiz nima bo‘larkin?

Pishirib yermikan va yo piyola istab qolarmikan?!

Endi bu mahallaning oqsoqollari va faollarini tushunsa bo‘ladi...

Tuman hokimiyatiga "qariyalarimizni e‘zozlavordik" deb hisobot yozvorishadi, tumandagilar shahar, shahar esa teeepadagilarga!

Qarabsizki, "Oltin kosa" bilan bo‘ladimi va yo boshqa... "Qariyalarni e‘zozlash yili" da rejani bajardik!

Mahallaning faoli...emas

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq