Sanjar Yanishev: Toshkent mening vatanim, ota-onam, bolalik xotiralarim...

Image copyright BBC World Service

Sanjar Yanishev 1972 yil Toshkentda tug‘ilgan.

Toshkent Davlat universitetining rus filologiyasi fakultetini tugatgan.

She‘rlari "Oktyabr", "Znamya", "Novy jurnal", "Novaya Yunost", "Arion", "Drujba narodov", "Novy mir" kabi jurnallarda bosilgan.

Shuningdek, Yanishevning ijod namunalari "10/30. O‘ttiz yoshlilar" "To‘qqiz o‘lchov", "Diapazon" va boshqa to‘plamlarga kiritilgan.

U Markaziy Osiyoda rus she‘riyati haqidagi "Kichik ipak yo‘li" almanaxining hammuallifi sifatida 1999-2004 yillar orasida Moskva va Toshkentda 5 ta sonini nashrdan chiqarishda qatnashgan.

Sanjar Yanishev ilk bor ikki tilda chiqarilgan “Anor - Granat” nomli zamonaviy o‘zbek antologiyasining tuzuvchisi hisoblanadi.

Sanjar Yanishev toshkentlik taniqli mustaqil jurnalist Sid Yanishevning ukasidir.

Shoir o‘z ijodiy ishlari uchun 2001 yilda "Triumf", 2003 yilda "Oktyabr" jurnali mukofotlari bilan taqdirlangan.

Ayni paytda Moskvada yashab, ijod qilib keladi.

Sanjar Yanishevning BBC mushtariylari savollariga javoblari

BBC: Ijod sohasini tanlashingizga nima turtki bo‘lgan. Qanday qilib she‘riyatga qiziqqansiz, shoir bo‘lishga qaror qilgansiz?

Sanjar Yanishev: Buning sodir bo‘lganiga juda ko‘p bo‘ldi. Men hatto eslay ham olmayman qachonligini. Balki besh-olti yosh yoki sal kattaroq bo‘lganman. Men doim nimalarnidir kuylab yurardim. Lekin men o‘zimning birinchi she‘rimni yaxshi eslayman. U gullarga bag‘ishlangan edi. Shunday so‘zlari bor edi: Tsvety dushistye predmety i sovershennye pomety. Bu albatta kulguli, sodda, lekin men uni haligacha eslay qolganman.

BBC: Albatta bu yerda oilangizning ta‘siri ham bo‘lgan bo‘lsa kerak? Sizning ota-onangiz ijod kishilari bo‘lishgan, shunday emasmi?

Sanjar Yanishev: Shubhasiz. Onam hayotda hech qachon muzikani o‘rganmagan bo‘lsa ham, bir umr qo‘shiq aytgan. Hozir 73 yoshida ham xorda qo‘shiq aytadi. U kishining qarashlari ijodkorona. Otam esa professional rassom. Toshkentdagi maktab-internetda tasviriy san‘atdan dars bergan. Kartinalar chizgan.1960 yillarda fotografiyaga qiziqib qolgan. Bu fotosuratlarning ba‘zilarini mening akam saytga qo‘ydi. Ular yaqinda Fergana.ru saytida chop etiladi. Ular oq-qora rangdagi suratlar. Mening nazarimda ular betakror. Shundan kelib chiqib, ijodga qiziqishim qondan o‘tgan deyish mumkin.

Narimon, Toshkent: Siz va akangiz Said ham ijodkorsizlar. Bu egizaklar uchun tabiiy o‘xshashlik. Farqli tomonlarchi, masalan xarakter jihatdan. Aytishadiki, egizaklar bir-biridan uzoqda yashashi mushkul deb. Sizlarda ruhiy tomondan qiyin kechmaydimi bu?

Sanjar Yanishev: Hozir endi qiyin emas. Biz anchadan buyon boshqa-boshqa shaharlarda yashab kelamiz. Tabiatimizda albatta farqli jihatlar bor. Said ko‘proq emotsional, qiziqqon inson. Men esa vazminroq, o‘ychanroqman. Bizning qilayotgan ishlarimizda ham farq bor. Mening muzikam unikidan boshqacha masalan. Men o‘ylayman har xil egizaklar bor. Ba‘zilar haqiqatdan ajratib bo‘lmaydigan egizaklar. Biri boshqasining davomi. Biz esa Said bilan shunday o‘xshaymizki, bu raqobatni, qandaydir qarama-qarshilikni tug‘diradi. Shuning uchun balki biz turli shaharlarda yashaganimiz ham yaxshidir. Lekin biz bajonidil uchrashamiz, ko‘rishamiz. Men Toshkentga boraman, Said Moskvaga kelib turadi. Gaplashadigan gaplarimiz ko‘p.

Sizning "Egizak" degan she‘ringiz ham bor-a?

Sanjar Yanishev buni ma‘qullab, "Bliznets" she‘rini o‘qib beradi.

Odin povar mne i govorit:

Pritvoris Xusanom, bud inogda Xusan.

Pust jena po chetvergam tebya ne budit, poka solntse ne zaydet,

A sama tem vremenem tvoi stupni, jivot i mochki tvoix ushey

Natirayet etim imenem; pust nastaivayet yego

V temnom suxom meste - da xot by i v chreve svoyem, -

A potom po odnoy sredney pyalushke dva raza v sutki tebe dayet.

Eto budet razumno, ibo ty rojden ne odin.

Ty - bliznets. Poglyadi-ka v kryshku moyego kazana:

Vot etot kusochek korichnevoy luny - eto ty,

A vot etot, pobolshe, - tvoy brat...

On vyshel pervym. No znayesh, kak u nas govoryat:

Starshiy - boleye umnyy - on vyxodit vtorym.

On mladshego posylayet: “Idi, posmotri, chto tam?

Yesli vse v poryadke, krichi!” - I mladshiy idet, i zovet.

Ty slyshal zov? Ty ne sputal yego ni s chem?

Ty speshil ili jdal?

Ty zabyl ili spal?

Ey, Xusan, gde brat tvoy - Xasan?!

BBC: Bir nechta o‘quvchilarimiz, nima uchun siz aynan Moskvada yashab, ijod bilan shug‘ullanishga qaror qilganingiz haqida so‘rashgan.

Sanjar Yanishev: Buning sababi oddiy. Men rus tili va adabiyoti bilan shug‘ullanganim va o‘zimni rus madaniyatidan xoli his qila olmaganim uchun bo‘lsa kerak, universitetning filologiya fakultetini tugatganimdan so‘ng, Moskvaga borish kerakmi yoki yo‘qligi haqida savol bo‘lmagan. Albatta adabiy jurnallar bo‘lgan va asarlarni chop qildirish imkoni beriladigan, adabiy doira va shoirlari bisyor Rus adabiyotining markaziga borish kerak edi. Shu boisdan men Moskvaga keldim. Albatta bundan afsuslanmayman. Chunki Toshkentga doim qaytish, ota-ona, do‘stlarni, shaharning o‘zini, tog‘larni sog‘inganda ko‘rib kelish mumkin. Moskva esa ritmi o‘zgacha. Toshkentda dam olish, Moskva ishlash uchun yaxshi.

Image copyright BBC World Service

Odilxon, Olmoniya: Toshkentga tez-tez borasizmi. Siz uchun Vatan nima degani?

Sanjar Yanishev: Afsuski, Toshkentga xohlaganimdek ko‘p bora olmayman. Lekin bir necha kun oldin Toshkentdan qaytib keldim. Bungacha oxirgi marta besh yil oldin bo‘lgan edim u yerda. To‘g‘ri, dastlabki yillarda har yili yozda borib turar edim. U paytda moliyaviy ahvolim ham har yil ta‘tilda Toshkentga borishga imkon berardi. Lekin Toshkent avvalgidek men uchun vatanim, ota-onam, boya gapirganim akam, ko‘chalar, Moskvadan farqli shoshmaydigan va shu bilan birga yugurik vaqt, tabiat, issiq iqlim, bolalik haqidagi xotiralarim, bularning hammasi qadrli.

BBC: Sizning Georgiy lentasi haqidagi fikrlaringizni o‘qigan mushtariylarimiz O‘zbekistonda Georgiy lentalari tarqatilayotganiga nisbatan fikrlaringiz bilan qiziqishgan. Ma‘lumki, O‘zbekistonda hozir bunday lentalarni tarqatishga qarshi kampaniya boshlangan. Siz Georgiy lentasi haqida nima deysiz?

Sanjar Yanishev: To‘g‘risini aytsam, Georgiy lentasiga qarshi kampaniya boshlanganidan xabarim yo‘q edi. Lekin Georgiy lentalari oldingi qaysidir ramzlarning o‘rniga tiqishtirilyapti . Bundan tashqari bu ramzni majburiy tarzda Rossiya jamiyatiga kiritishga harakat qilinyapti. Men har kuni uni nafaqat oddiy fuqarolarda, balki davlat xizmatchilari- bank xodimlari, temiryo‘lchilar, poyezd provodniklari, do‘kon kassirlari va boshqa-boshqalar, yana maktab o‘quvchilarida ham ko‘raman. Biz darhaqiqat, bir do‘stim bilan bu mavzuda gaplashib qoldik. U bu holatni xalqona deb biladi. Demak xalqona ekan, o‘z-o‘zidan bo‘layotgan jarayon ekan, lentani ta‘qiqlash kerak emas, deb hisoblaydi. Men esa bunday deb bilmayman. Chunki, afsuski Georgiy tasmasini davlat siyosatiga aylantirish, 2005 yillardan boshlab uni ommalashtirish boshlandi. Bilasizmi, agar O‘zbekistonda bu tasmaga qarshi kampaniya bo‘lar ekan, men buni quvvatlayman. Har qanday narsaga siyosat aralashtirilar ekan, u o‘zining asl ma‘nosini yo‘qotib, teskari natija berishi mumkin.

BBC: Sanjar, siz hozir O‘zbekistonda rus tilidagi badiiy adabiyot ahvolini kuzatasizmi? O‘zingizning maqola va qaydlaringizda Toshkent poeziya maktabi, Farg‘ona she‘riyat maktabi haqida yozgansiz. Bugun bu maktablar qanday ko‘rinishda?

Sanjar Yanishev: Bu yerda biroz ortga nazar tashlashga to‘g‘ri keladi. 1999 yil do‘stlarimiz bilan "Toshkent poeziya maktabi"ni o‘ylab topganmiz. O‘sha paytda Farg‘ona maktabi bor edi. Shu bois biz "Toshkent maktabi" deb atashga qaror qilgandik. Albatta biz kimnidir o‘qitishni maqsad qilmaganmiz. Oddiy qilib aytganda bu bir ijodiy birlashma edi. Biz o‘zimizning manifestimizni chiqarganmiz, chop qilganmiz. Moskvada shu nom bilan qatnashganmiz. Keyin esa "Kichik ipak yo‘li" almanaxini va Toshkentda festivalni tashkil qildik. Biz yetti yil davomida deyarli har yil festivalni o‘tkazganmiz. Rossiyalik, amerikalik shoirlar qatnashishgan unda. Toshkent madaniy hayotida o‘ziga xos voqea bo‘lgan. Biz shoirlarga, ular hozir ham Toshkentda yashashadi, sifatli yangi darajadagi poeziyani ko‘rsatishni xohlaganmiz. Aytish mumkin, ular ichida bo‘lgan qal‘ani buzish, boshqa adabiyotlarni ham ko‘rsatish edi niyatimiz. Bugun internet orqali dunyo ochiq, xohlagan asarlarni o‘qish imkoni paydo bo‘lgan bo‘lsada, nimagadir toshkentlik ijodkorlar hali ham internetga kam murojaat qilishadi. Masalan, Facebook orqali juda kam izohlashadi asarlarni, yangiliklar bilan o‘rtoqlashishmaydi. Men to‘g‘risi bunga qanday yondashishni bilmayman. Balki bizning festival qaysidir bir davrda o‘z vazifasini bajargandir va biz uni o‘tkazishni to‘xtatdik. Almanaximiz ham loyiha sifatida yakunlandi. Bizning nazarimizda kim loyiq bo‘lsa, ularning asarini chop qilishga harakat qilganmiz. Nafaqat toshkentlik, farg‘onalik ijodkorlarning asarlarini ham. Bugungi kunda biz alohida ijodiy birlik sifatida faoliyat olib boryapmiz. Avvalgidek do‘stmiz, gaplashib, fikrlashib turamiz. Bir havodan nafas olyapmiz. Vadim Murotxonov Moskvada yashaydi, Suhbat Aflotun Toshkentda, ular mening yaqin do‘stlarim.

Shuhrat Nazarov, Amerika: "Kichik ipak yo‘li" almanaxida qatnashgan, O‘zbekistonda yashayotgan boshqa shoir, yozuvchilar bilan qanday munosabatlar bor? "O‘ttiz yoshlilar avlodi" guruhi haqida ham gapirib bersangiz?

Sanjar Yanishev: Albatta munosabatlar uzilmagan. Bu yerda bizning loyihadagi antologiya haqida ham gapirib o‘tish kerak. Ikki tildagi "Anor-Granat" antologiyasi 2008 yil chiqqan. U yerda o‘zbek va rus shoirlari asarlaridan namunalar bosildi. Men va do‘stlarim tarjimalarni qilganmiz. Jumladan Rauf Parfi, Faxriyor, Go‘zal Begim va boshqa bir qancha o‘zbek shoirlarining she‘rlari kiritilgandi. Kimgadir qiziqish uyg‘otsa, bu antologiyani internetdan topib o‘qish mumkin yoki menga murojaat qilinishi mumkin.

"O‘ttiz yoshlilar avlodi" guruhi esa "Toshkent poeziya maktabi" dan farq qiladi. Bir nechta moskvalik shoir do‘stlarimiz bilan kechalarda qatnashganmiz. So‘ngra biz haqimizda gapira, yoza boshlashdi. Shundan keyin ""O‘ttiz yoshlilar avlodi" guruhi paydo bo‘lgan. Haqiqatdan shoirlar deyarli tengdosh bo‘lganmiz. 10/30 to‘plamini chiqarganmiz. Lekin bu yerda yoshimizni hisobga olmasak, biz hammamiz yozish uslubimiz, yo‘nalishimiz bo‘yicha butunlay boshqachamiz.

BBC: Sanjar, hozir qanday ijodiy ishlar bilan bandsiz?

Sanjar Yanishev: Yaqinda "Umr" degan kitobim chiqdi. Bu she‘r ham, nasr ham emas. G‘oya bo‘yicha bog‘langan 50 matnni o‘z ichiga olgan. Har birida alohida murojaat hikoya qilinadi. Buni balki yangi janr ham deyish mumkin. Hozir shu asarning davomi ustida ishlayapman. Va internetda e‘lon qilib boryapman. Darvoqe, oxirgi yozganlarim aynan Toshkent, O‘zbekiston, Qarshi haqida. Va unga alohida fotosuratlarni ilova qilib boryapman. Buni ham yangi Facebook janri deyish mumkindir.

Tashkent privykayet k molchanyu.

Netrudno yemu privykat...

On kamennym byl iznachalno,

A kamni umeyut molchat.

I starye ulitsy-litsa

V gryadushcheye grustno glyadyat.

Im snitsya bylaya stolitsa,

I s proshlym oni govoryat...

BBC: Rahmat!

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer

Bu mavzuda batafsilroq