Angela Merkel Putinga: "Qrimni qo‘shib olish jinoyat!"

"Qrimning annektsiya qilinishi jinoyat" Image copyright AP
Image caption "Qrimning annektsiya qilinishi jinoyat"

Olmoniya Kantsleri Angela Merkel Moskvadagi matbuot anjumanida Rossiya hukumatining siyosatini qattiq tanqid ostiga oldi. Qrimning Rossiya tomonidan qo‘shib olinishini jinoyatga tenglashtirdi.

Putinning qoshida turib jurnalistlar savollariga javob bergan Merkel xonim Moskvaning harakatlari Rossiya va G‘arb munosabatlarini ortga tortganini ta‘kidladi.

"Xalqaro huquqning buzilishi bo‘lgan Qrimning jinoyatkorona annektsiya qilishini va Ukraina sharqidagi qurolli to‘qnashuv bizning munosabatlarga jiddiy ta‘sir qildi", - degan Merkel xonim.

Olmoniya kantsleri Qrimning qo‘shib olinishi Ovro‘pada tan olingan tinchlik tartibining buzilishi ekanligini qayd etgan.

"Biroq tarix bizni mojarolar qanchalik murakkab bo‘lsa ham ularni tinch va muloqot yo‘li bilan hal qilish lozimlgini uqtiradi", - deya ta‘kidlagan Angela Merkel.

Merkel xonim Ukraina sharqida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi amal qilmayotganini aytgan.

"Bo‘lgunchilar tomonidan ko‘p miqdorda tartib buzarliklar qayd etilmoqda", - degan Merkel.

O‘z navbatida prezident Putin kelishuv shartlarini buzilishidagi mas‘uliyat ikki tomonning ham zimmasiga tushishini ta‘kidladi.

Rossiya davlat rahbari rasmiy Kiyevni Donetsk va Lugunsk bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishga chaqirdi.

Olmoniya kantsleri 9 may kuni G‘alabaning 70 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanalai paradga kelishdan bosh tortgan edi.

Biroq u 10 may kuni Moskvada Ikkinchi jahon urushi davomida halok bo‘lgan rossiyaliklarni xotirlash marosimida qatnashdi.

Ikki davlat rahbarlari boshchiligida Noma‘lum askar qabriga gulchambar qo‘yish marosimi o‘tkazilgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq