Bahs: Andijon qirg‘ini unutildimi?

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

Andijondagi qonli voqealardan 10 yil o‘tib, hanuz qirg‘indan omon qolgan shohidlar va O‘zbekiston hukumatining voqealar borasidagi qarashlari bir-biridan keskin farq qiladi.

Inson haqlari tashkilotlarining guvohlarga tayanib aytishlaricha, 2005 yilning 13 may kuni Andijonning markaziy Bobur maydonida hukumat kuchlari aksariyati qurolsiz bo‘lgan tinch namoyishchilarni o‘qqa tutishi natijasida ayollar va bolalar doxil, yuzlab begunoh insonlar halok bo‘lgan.

Hukumat esa, akromiylar diniy oqimiga mansub guruh Andijonda hokimiyatni qurolli qo‘zg‘olon yo‘li bilan bosib olishga uringani va asosan terrorchilardan iborat 187 kishining halok bo‘lganini aytadi.

O‘zbekiston hukumati qonli voqealar yuzasidan mustaqil xalqaro tekshiruv o‘tkazish haqidagi chaqiriqlarni shu kungacha rad etib keladi.

O‘zbekiston rasmiylari Birlashgan Millatlarning Inson Haqlari Kengashiga "Andijon mavzusi yopilgan"ini aytishgan.

Xalqaro inson haqlari tashkilotlari voqealarni "qirg‘in" deya tasvirlashadi.

BMT, AQSh va Ovro‘po Ittifoqi o‘zbek hukumatini namoyishchilarga qarshi "haddan tashqari kuch ishlatish"da ayblagan va hodisalar yuzasidan xalqaro tekshiruv o‘tkazishga chaqirgan.

Andijondagi namoyishchilar nohaq qamalgan yaqinlarining ozod etilishi, aholini ish bilan ta‘minlash, ijtimoiy adolat o‘rnatish kabi talablarni ilgari surishgandi.

Qonli voqealardan omon qolgan yuzlab andijonliklar Ovro‘po va AQShda boshpana topishgan.

Ular O‘zbekistonda qolgan yaqinlariga bosimlardan shikoyat qilishadi.

Andijon voqealari yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazishga uringan jurnalistlar va inson haqlari faollari qamoqqa tashlangan va mamlakatni tark etishga majbur bo‘lganlar.

O‘zbekiston hukumati qonli voqealarning matbuotda yoritilishiga taqiq qo‘ygan.

Xo‘sh, Andijonda nimalar bo‘lgan edi?

Andijonliklarning o‘zlari fojiali voqealarning 10 yillik sanasini eslashmoqdami?

Andijon shahridagi o‘zgarishlar obodonlashtirishmi yoki hokimiyatning qonli voqelar izini butkul yo‘qotish harakatlarimi?

BBC bu va boshqa savollar bilan Andijondan inson haqlari himoyachisi Saidjahon Zaynobiddinov hamda Kanadadan mustaqil jurnalist G‘afurjon Yo‘ldoshevlarni suhbatga tortgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio