Qozog‘iston g‘arbida quruvchilar ish tashladi

Image copyright moygorod
Image caption Ishchilar maoshlarning oshirilishini talab qilishmoqda

Qozog‘iston g‘arbida gazni qayta ishlovchi korxona qurilishida ishtirok etayotgan 100dan ortiq quruvchilar maoshlar kamligi bois ish tashlashgan.

"Kazstroyservis" xodimlari oylikni o‘z vaqtida olishlari, ammo maoshlar 2-3 ming tangaga qisqartirilganini aytishgan.

Interfax-Kazakhstan agentligining G‘arbiy Qozog‘iston viloyat hokimining matbuot kotibi Qayrat Abusovdan iqtibos keltirishicha, "Kazstroyservis"ning 140 nafar ishchilari 10 maydan buyon ishga chiqishmagan.

Ular maoshlarning oshirilishini talab qilishmoqda.

"Hozir Bosh prokuraturaning mintaqaviy idorasi, mehnat boshqarmasi va boshqa ijroiya idoralarining vakillari ish tashlash sahnasiga jo‘nab ketishgan", deb aytgan hokimiyat vakili.

Unga ko‘ra, "vaziyat nazorat ostida".

Kazakhstan Today nashrining Nurjan ismli "Kazstroyservis" xodimidan iqtibos keltirishicha, ishchilar bir necha bor o‘z talablarini rahbariyatga yetkazishgan, ammo "qo‘limizdan hech narsa kelmaydi" degan javobni olganlar.

"Biz ertalab 8 dan kechki 7 gacha ishlaymiz. Shartnoma bo‘yicha yakshanba kuniga ikki barobar haq to‘lanishi kerak. Ammo biz buni ko‘rmayapmiz", deb aytgan ish tashlaganlardan biri.

Qozog‘istonning neft va gaz zahiralariga boy g‘arbiy mintaqalarida ishchilarning norozilik chiqishlari bot-bot yuz berib turadi.

2011 yilda Janao‘zenda neftchilarning bir necha oy davom etgan noroziliklari tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, politsiya bilan to‘qnashuvlarda 16 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq odam jarohatlangan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio