BBC filmi: "Andijon qirg‘ini: haqiqatning aksi" 3- qism

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBCning Toshkentdagi sobiq muxbiri Monika Uitlok (Monica Whitlock) 2010 yilda Andijon qirg‘ini dalillari va shohidlar bilan suhbatlar asnosida "Through The Looking Glass: Andijan Massacre" - "Andijon qirg‘ini: haqiqatning aksi" hujjatli filmini suratga olgan.

Film Monika Uitlokning O‘zbekistonda hamda Ovro‘poda o‘tkazgan tadqiqotlari natijasidir.

Unda O‘zbekiston hukumati Andijonda 2005 yil mayida ro‘y bergan qonli hodisalarda ayblagan, "Akromiylar" noqonuniy diniy oqimi deb taqdim etgan insonlarning Andijon qirg‘inigacha, 2005 yil qonli hodisalari paytidagi va undan keyingi hayoti haqida hikoya qilinadi.

Filmda Monika Uitlok O‘zbekistonda muxbir sifatida faoliyat yuritgan yillarida tasvirga olingan kadrlar, Shvetsiyada tushirilgan tasvirlardan foydalanilgan.

Filmda O‘zbekiston hukumati terrorchilar deb taqdim etayotgan, ta‘qib etib, panjara ortiga tashlashda davom etayotgan odamlar aslida ham terrorchimi, degan savolga javob izlanadi.

"Andijon nafaqat O‘zbekiston, balki dunyo haqidagi haqiqat: norozilar, hukumatlar, chetda turganlar, yangilik yaratadiganlar, oddiy insonlar... Andijon bugungi dunyoga bir oynadir", deydi hujjatli film muallifi.

Hujjatli filmning 3-qismi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq