"Islomiy davlat" rahbarining o‘rinbosari o‘ldirilgan

Image caption Al Afri

"Islomiy davlat"ning rahbari Abu Bakr al Bag‘dodiydan keyingi o‘rinda turadigan Abdul Rahmon Mustafo Muhammad, shimoliy Iroqda AQSh boshchiligidagi havo hujumlarining qurboni bo‘lgan.

Bu haqda Iroq Mudofaa vazirligi xabar bergan.

Abdul Rahmon Mustafo Muhammadni yana Abu Alaa al Afri nomi bilan ham tanishgan.

U Tal Afardagi masjid ichida bo‘lgan vaqti havo hujumi nishoniga aylangani aytilmoqda.

AQSh qo‘shinlari va "Islomiy davlat" bu haqda hozircha hech qanday ma‘lumot berishgani yo‘q.

So‘nggi haftalarda tarqalayotgan va tasdiqlanmagan xabarlar ko‘ra, aynan Al Afri "Islomiy davlat"ning amaliyotlariga boshchilik qilib kelgan.

Iroq Xavfsizlik kuchlariga ko‘ra, "Islomiy davlat" rahbari Bag‘dodiy ham havo hujumlari chog‘i yaralangan va harakatlanish imkoniyatidan mahrum.

O‘tgan hafta AQSh Davlat departamenti Al Afri haqidagi axborot uchun 7 million dollar mukofot va‘dasini bergandi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq