BBC muxbiri: "Dengizda qolib ketayotgan qochqinlar peshoblarini ichishmoqda"

Image copyright AFP

Bir haftadan beri Andaman dengizida qolib ketayotgan muhojirlar qayig‘ida 10 inson nobud bo‘lgan. Ayrimlar esa, suvsizlikdan o‘z peshoblarini ichishga majbur bo‘layotganlari xabar qilinadi.

350 nafar Rohinga musulmonlarini olib kelgan baliqchilar qayig‘ining Taylandga kirishiga ruxsat berilmagan.

Borddagilarning aytishlaricha, qayiqni boshqarib kelgan odamlar ketib qolishgan va qayiq motori buzilgan.

Muhojirlarga ko‘ra, o‘lganlarning jasadlari suvga tashlab yuborilgan.

Indoneziya, Malayziya va Tayland muhojirlar tushgan qayiqlarni qabul qilishdan bosh tortishmoqda.

Tayland va Malayziya sohillariga yaqin joyda yana bir necha yuz inson qolib ketayotganiga ishoniladi.

Image caption Arosatda qolganlar...

Aksar Rohinga musulmonlari Birmaga qaytib keta olmaydilar. Chunki, ular mamlakat fuqarosi sifatida tan olinmaydi va muntazam ta‘qib ostida kun kechiradilar.

BBC muxbiri Jonatan Hed Ko Lipe oroli yaqinidagi kema yonidan xabar qilishicha, vaziyat o‘ta abgor.

"Odamlar bizdan oziq-ovqat va suv so‘rab iltijo qilishmoqda", deydi u.

"Qayiqda ko‘plab ayollar va bolalar bor. O‘ta eski ko‘rinayotgan baliqchilar qayig‘i odamlar bilan liq to‘la. Biz odamlar o‘zlarining peshoblarini ichishayotganini ko‘ryapmiz. Biz butilkada toza suvlar va bordimizda nimaiki bo‘lsa, ular tomonga uloqtirdik", deya qo‘shimcha qiladi BBC muxbiri.

Uning aytishicha, qochqinlar quyoshdan saqlanish uchun ustlariga yopadigan matolardan chodir yasashgan. Harorat esa, 34 darajagacha ko‘tarilgani aytiladi.

Arosatda

Muhojirlarning 50 nafari ayollar va 80dan ortiq bolalardir. Ular 3 oydan beri dengizda qolishmoqda.

Image copyright BBC World Service

Qayiq egalari 6 kun oldin qochqinlarni Tayland-Malayziya chegarasida tashlab ketishar ekan, vaziyat yanada abgorlashgan.

BBC muxbiriga ko‘ra, chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi baliqchilar ushbu qayiqni topib olishgan va Malayziya suv hududigacha tortib borishgan. Ammo, keyin yana Tayland suv hududiga qaytarib olib borib qo‘yilgan.

Tayland Dengiz xizmati polkovnigi muxbirimizga gapirar ekan, muhojirlar ko‘zlagan manzil Malayziya ekani, Tayland ularga oziq-ovqat, ichimlik suvi berishi va tibbiy xizmat ko‘rsatishi mumkinligini, keyin ularni o‘z yo‘liga qo‘yib yuborishini aytgan.

Image copyright none

BBC muxbiri bu muhojirlar yana bir bor rad qilingani va tom ma‘noda ular mamlakatlar o‘rtasida "san solar-man solar"da qolganlarini anglatadi.

Rohinga ozchiliklari kimlar?

Rohinga Birmadagi tumanning nomi bo‘lib, unda asosan musulmonlar istiqomat qilishadi.

Taxmin qilinishicha, ular musulmon savdogarlarining avlodlari va ayni mintaqada 1,000 yildan ortiqroq vaqtdan beri o‘rnashib qolishgan.

Rohinga musulmonlari Bangladesh, Saudiya Arabistoni va Pokistonda ham yashaydilar.

Birmada ular doimiy ta‘qibga uchraydilar, majburiy mehnatga safarbar qilinadi. Ularda yerga egalik huquqi yo‘q va qattiq haqlari qattiq chegaralangan.

Jamoaning Bangladeshda yashovchi vakillari ham o‘ta qashshoq, hujjatsiz va ishga kirish imkoniyatlaridan mahrum holatda yashaydilar.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq