Ijtimoiy minbar: Andijon qirg‘inida kim aybdor?

Biz Andijon voqealariga 10 yil to‘lishi arafasida Facebook va Odnoklassnikidagi mushtariylarimizga quyidagi savollar bilan murojaat qildik:

Siz 2005 yilning 13 mayida Andijonda sodir bo‘lgan voqealardan qanchalik xabardorsiz?

Andijon qirg‘inida kim aybdor, deb hisoblaysiz?

O‘zbekiston hukumati voqealar haqidagi bor haqiqatni oshkor qilgan, deb o‘ylaysizmi?

Andijonda qurbon bo‘lganlar uchun adolat qaror topishiga ishonasizmi?

Bu savollarga anchagina javoblar yozib qoldirildi, ammo ulardan bir haqiqatni ilg‘amaysiz, yoki hatto aksar javoblarda haqiqatni topishga intilishni ham ko‘rmaysiz.

Javoblar tahrir qilinmadi.

Nilufar Mansurova: "O‘n yil oldingi narsani kovlashtirish bu FITNA!" deya sharh qoldirgan.

Qator sharhlovchilar Andijonda hukumat o‘t ochib katta urushni bartaraf qilganini aytishgan.

Masalan, Sayfullo Mirzaakbarov shunday yozadi: "Faqat bitta narsani etishim mumkin, ushanda shunday chora kurilmaganda, xozir Uzbekistonam ukraina yeki suriyadan xech farki kolmasdi, utgan ish utdi. yana eslatishi keragi yuk manimcha. Bunday xunrezlik yeki tupolonni Xukumatga umuman keragi bulmagan ushanda. Buni xammasi tashki kuchlani aralashuvi bilan yuzaga keldi", - deydi, lekin qanday tashqi kuchlar ekaniga to‘xtalmaydi.

Sardorbek Satvaldiyev fikri ham o‘xshash: "usha paytda shu g‘alamislardi tuxtatmasa ikkinchi ukraina bolar edi".

Rustam Azim: "Dudamiz sog umirlari uzok bolsin! Vatanini pulga chetigilarga sotkanlani kirib yuborish lozim va shart!"

Aziz Saidov Andijon voqealarida hukumat tomonidan Akromiylar deb atalgan bir guruh tadbirkorlarni ayblaydi: "Andijon voqealarining tashkilotchilari va yuzlab begunohning uvoliga qolganlar haqida ham shunday fikr bildirish mumkin. Avvaliga ular yaratilgan imkoniyatdan foydalinib tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydilar. Hukumat qo‘llovida ishlari ancha yurishdi, iqtisodiy imkoniyatlari oshdi. Pullari ko‘paygach. xurmachalariga sig‘may qoldilar, endi barchaga aql o‘rgatadigan, mavjud tartib-qoidani pisanda qilmaydigan bo‘lib qoldilar. Xalqning tuzuni yeb tuzlug‘iga tupurishning oqibatini kech tushundilar, tushundilaru biroq yana sodda odamlardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishni maqsad qildilar".

Odnoklassnikidagi sahifamizda Fazluna Yadgarova: "Beayb askarlarni o'ldirib qurollarni olib qamoqxonani ishg'ol qilib Shahar Prokurorini suyib o'ldirgan yaramas akromiylar aybdor", - deb yozadi.

Ulug‘bek Sobirov esa Andijondagi haqiqatni topish yo‘lida O‘zbekistonda qo‘rquv borligiga ishora qiladi. "Davlatimiz u narsalardi tv matbuotda yoritishdan kurkadi. Yuragida uti bor profesional jurnalisdi uzi yu", - deydi u.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio