"Kemadagi 100 muhojir oziq-ovqat ustidan o‘ldirilgan"

Image caption Омон қолганларга кўра, муҳожирлар пичоқланган, осилган ва сувга улоқтирилган

Indoneziyada cho‘kayotgan kemadan qutqarib qolingan muhojirlarning BBCga aytishlaricha, 100ga yaqin odam oxirgi oziq-ovqat ustidan kelib chiqqan jangda o‘ldirilgan.

Omon qolganlar dahshatli sharoitlar haqida gapirib berishgan.

Qochqinlardan uch nafarining aytishicha, kemadagilar pichoqlangan, osilgan yoki suvga uloqtirilgan.

700 nafar birmalik va bangladeshlik muhojirlar hozirda Indoneziyaning Achex mintaqasidagi qochqinlar jamlog‘iga joylashtirilgan.

BBC muxbiri Metyu Peyshens Langsa bandargohida qutqarilganlardan ba‘zilari bilan suhbatlashgan.

Uning aytishicha, hozirda muhojirlarning so‘zlarini mustaqil manba‘lardan tasdiqlashning imkoni yo‘q.

Ammo ularning hikoyalari noqonuniy muhojirlarni olib borayotgan kemalarda yuz bergan hodisalar borasida matbuotda paydo bo‘lgan boshqa xabarlarga o‘xshash.

Muhojirlar Malayziya sohiliga tushmoqchi bo‘lishgan, ammo Malayziyaning harbiy-dengiz kuchlari ularga to‘sqinlik qilgan.

Birma hukumati muhojirlar inqirozi uchun mas‘ul emasligini aytmoqda.

BMT Birma hukumatiga muhojirlarga yordam berishni so‘rab, murojaat etgan.

Tailand esa, muhojirlar inqiroziga chek qo‘yish maqsadida janubi-sharqiy Osiyodagi 15 davlat rahbarlari sammitini o‘tkazishga chaqirgan.

Bu sammit 29 may kuniga rejalashtirilmoqda.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq