Farxundani himoya qilmagan Afg‘on politsiya xodimlari qamaladi

Image copyright ap
Image caption Kobuldagi mahkama

11 nafar politsiya xodimi mart oyida Kobulda Farxundani junbushga kelgan olomondan qutqarib qolmagani uchun qamoqqa bir yillik qamoq jazosiga hukm qilingan. 28 yoshli Farxunda kaltaklab o‘ldirilgandi.

28 yoshli Farxunda kaltaklab o‘ldirilgandi.

Uni Qur‘onni yoqishda ayblagandilar.

Ammo guvohlarga ko‘ra, Farxunda Qur‘onni yoqmagan.

Shu oy boshlarida to‘rt kishi Farxundaning o‘limida aybdor deb topilib, o‘limga hukm etilgandi.

Yana sakkiz kishi qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Ayni hodisa butun Afg‘oniston bo‘ylab xotin-qizlarga munosabat yomonligidan norozilik chiqishlariga sabab bo‘lgandi.

Farxundaning o‘ldirilishiga loqayd qarab turishda ayblangan yana sakkiz nafar politsiya xodimi ozod etilgan.

Farxunda Shah Du Shamshaira masjidida tumor sotuvchi bilan bahslashib qoladi.

Tumor sotuvchi shu oy boshlarida o‘limga hukm etilganlar qatoridadir.

Bahs avjiga chiqar ekan, Farxunda Qur‘onni yoqishda ayblashadi.

Shundan keyin olomon unga tashlanadi.

Rasmiy tergov natijasida Farxundaning Qur‘onni yoqqaniga biror dalil yo‘qligi aytilgan.

Farxundaning jasadini sazoyi qilishadi, olov berib yondirishadi.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq