Ijtimoiy minbar: "Ota-bobomiz Rossiyada mardikorlik qilgan emas"

Image copyright Reuters
Image caption Karimov Atambayevni alohida xalqlarning G‘alabaga qo‘shgan hissasini oshirib, boshqalarnikini esa kamaytirib ko‘rsatishda ayblagan

Prezident Islom Karimovning Moskvada G‘alaba bayrami arafasida o‘tkazilgan MDH rahbarlari uchrashuvida qirg‘iz hamkasbi Almazbek Atambayevni kameralar oldida “koyib berishi” qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi.

Atambayevning ba‘zi MDH davlatlari G‘alaba bayramiga turlicha yondoshayotgani borasidagi bayonoti aftidan Karimovning g‘azabini qo‘zg‘adi. Ba‘zilar Karimovning Atambayevga bildirgan noroziligini olqishlasa, boshqalar uni ikki mamlakat o‘rtasida keraksiz nizoga asos bo‘la oladigan nodiplomatik qadam deya qoralashdi.

Janob Karimov qo‘shni hukmdorlar bilan yaxshi chiqishmasligi bilan ajralib turadi.

Putinning 2012 yil sentyabrida Qirg‘izistonga tashrifi arafasida Karimov hatto Markaziy Osiyo davlatlari orasida suv zahiralari sabab urushlar kelib chiqishi ehtimolidan ogohlantirgandi.

Markaziy osiyo davlatlari rahbarlarining bir-birlarini unchalik ham yaxshi ko‘rmasliklari sir emas, ammo O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlarining Kremldagi dahanaki jangi mintaqadan ancha uzoqlarda ham aks-sado berdi.

"Karimov Atambayevni joyiga qo‘yib qo‘ydi" deb yozdi Ukrainaning vesti.ua nashri.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik foydalanuvchilar bildirgan dastlabki fikrlarning ham aksariyati shu ohangda edi.

Ammo keyinroq qizishmaslikka, yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini o‘rnatishga chaqiriqlar ham yangradi.

Image caption Atambayev "o‘z fikrini" izhor qilganini aytgan

Mustaqil siyosatshunoslarga ko‘ra, Markaziy Osiyo rahbarlarining yakkahokimligi va shaxsiy adovatlari mintaqadagi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi, chegaralardagi vizasiz bordi-keldining o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Quyida Facebook va Odnoklassniki saytlaridagi BBCUzbek sahifasida qoldirilgan sharhlar bilan tanishing.

Abdumurod Turgun: Mustaqilligimiz bosh yillarida Islom Abdug‘aniyevich qo‘shni besh mamlakatlarni dini, tarixi tili va kelajagi bir deb matbuotda ko‘p gapirgan edilar.Bugungi kunga kelib bu qo‘shnilar aro munosabatlar aksini ko‘rmoqdamiz. Yevropa mamlakatlariga qarasak tarixda bir-birini qonini ichgan,tili har-xil, dini har-xil, ammo birlashib pul birligi va o‘zaro kirish-chiqish erkin, birida iqtisodiy yoki siyosiy qiyinchiliklar bo‘lsa birgalashib hal qilishadi...Bizlar ham shunday yo‘l tutsak yaxshi bo‘lar edi. Rossiya va Xitoy degan mamlakatlar oldida, ya‘ni ikki chinor soyasi ostida yangi ko‘chatlar ko‘kararmikin? Tojikiston va Qirg‘iziston prezidentlari qovun tushirib bo‘ldi. Putinga shularga o‘xshagan...lar kerak edi. Karimov chap bervotti, ammo shular bilan munosabatni iliqlashtirishni boshlab bersa yaxshi bo‘lar edi. Bular ham o‘tib ketishadi, ammo bir Turkiston yoki boshqa nom bilan ataladigan kelajagi buyuk davlatni qurib, kelajak avlod uchun qoldirib ketishni o‘ylashsa bo‘lar edi.

Sayara Yadgarhodjayeva: Kim nimani bilsa bilsin, lekin Karimov to‘g‘ri qildi, shuncha qaram bo‘lganimiz yetadi...

Abidjon Hasanov: I. Karimov bilan A. Atamboyevni farqi fil bilan pashshadek! Atambayev... Moskvaga borib Putinni quchog‘iga o‘tirib olgan.

Akmal Maxmudov: I.A.Karimov juda to‘g‘ri tushuncha berib qo‘ydi, faqat Qirg‘iziston prezidentiga emas, balki butun MDH davlatlariga. U yerda boshqalar xam o‘ylanib qoldi, nimagaki, Karimov bor haqiqatni ochiq-oydin gapirdi va ular qatori BMT ni ham aytib o‘tdi, demak, u yerda yolgon gaplar aytib, boshkalarga paxta qo‘ygandan haqiqatni aytib, ko‘zini ochib qo‘ygan yaxshi. Karimov to‘g‘ri yo‘lni tanlagan va uni orqasidan sekin-asta hamma boradi. Ular qatori boshqa davlatlar ham...

Elyor Nomozov: Urush hech kimga hech qachon foyda keltirmagan, qo'shnilar bir-birlari bilan yaqin aloqada bo'lishi menimcha zarardan ko'ra davlatga foyda keltiradi/ Qirgizistondayam, Tojikistondayam, o'zbek yurtdoshlarimiz yashashadi.

Sanjarbek Ahmadbekov: Karimov dunyodagi eng zo‘r va eng yaxshi siyosatchi. Buni butun dunyo tan olyapti. Umrlari uzoq bo‘lsin.

Ishniyazova Narges: Menimcha, Karimov yaxshi rahbar,faqat o‘z xalqiga erkinlik bersa bo‘ldi. Faxrlanaman!

Komil Ahmedov: Yakkamoxov bo‘lmasdan qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish kerak. Har holda, Atambayev Karimovdan farqli o‘laroq, legitimniy prezident. O‘zini-o‘zi saylab olgani yo‘q.

Muxabbat Zaynutdinova: Drujba narodov Eto Sila !!!

Baxtiyor Abdug‘afur: To‘g‘ri bo‘ldi shunday keskin fikr bildirilgani. "Sababi sen va sening orqangda turganlar emas, o‘zimiz ham qilamiz", degan fikr o‘rtaga tashlandi. Bundan ortiq shov-shuv ko‘tarishning keragi yo‘q.

Nodira Kadyrova: Atrofidagi insonlar qanday ma‘lumot bersa, o‘shanga qarab ish tutadi-ku. Yolg‘on ham ko‘p. Prezidentga hech qachon oson bo‘lmagan.

Xalifa Foru: Karimov bu mavzuda katta xato qilmoqda. Yoki uning ishongan odamlari uni aldab yuribdi, nega boshqa boshliqlar bilgan narsani Karimov bilmaydi?

Musayyaf Qodirov: Karimov millat otasi u buyuk siyosatchi.

Mexmet Chalabey: Izohlardan bugungi loqayd ommani anglash qiyinmas, afsuski!

Rustam Azim: Islom Karimov haqlar, ularni siyosiy yo‘nalishlari to‘g‘ri!!! Dodajon, umriz uzoq-salomatli bo‘lsin!

Shukurjon Islomov: Shaxsiy munosabatni o‘zlari hal qilishadi. Ammo qo‘shnilar bilan yaxshi munosabatda bo‘lish kerak. Gretsiya va Turkiya asrlar bo‘yi bir-biriga dushman bo‘lgan. Tili boshqa, dini boshqa, ko‘rinishi boshqacha. Bugun chegarasida otishmaydi. O‘zbek, qirg‘iz, tojik asrlar bo‘yi birga yashagan. Tili yaqin, dini bir, ko‘rinishi o‘xshash... Ajralishganiga 25 yil bo‘ldi. Chegarada tez-tez otishma bo‘ladi.

Maxmud Xolikov: Yaxshidur achchik haqiqat, lek shirin yolg‘on yomon, shu shirin yolg‘onga lek aldanib qolg‘on yomon. I Karimov bu yerda hech kimni pastga urgani yo‘q, balki har davlat rahbari o‘z-o‘ziga mustaqil harakat qilish kerakligini aytdi, albatta qo‘shnilar bilan tinch-totuv yashash kerak. I. Karimov ham shu maqsadda, lekin har bir davlatni ixtiyori o‘zida.

Ayub Ziyadinov: O‘rta osiyoliklar birlashganida edi, rivojlanishlar kuchayardi.

Xakima Axmedova: Haqiqiy prezident shunaqa bo‘ladi.

Nodir Rahimov: Vsyo nado reshit mirnim putyom i za stolom dagovorov (Hamma narsani tinch va muzokaralar yo‘li bilan yechish kerak-tahr.)

Farxod Bobokulov: Karimov 100 foiz haq, yashang KARIMOV.

Kakandskiy Paren: Siz qanday odamsizki, shu yurtda yashab turib, o‘z prezidentimizni yomonlab, millatimizni masxara qilyapsiz, bu narsa bilan boshqa yurt vakillari o‘kib turib, ustimizdan kulmaydimi. Yurtimiz tinch bo‘lsa, uyimiz tinch, yana nima kerak sizga...

008009: Ota-bobomiz haqqini birovga berib qo‘yib, o‘zi Rossiyada, qozoqda mardikorik qilmagan.

xpress muxbir: Aqayev uzb bilan yahshi chiqishardi. Shuning uchun uni yo'qotishdi. Bulardi hukumati uzbga qandaydir protiv. Qirg'izlar, qozoqlar o'zlarini milliy g'ururlarini ko'z qimoqchi bo'lishyapti ruslaga pahta qo'yib...

Nurmuhammad Ergeshov: Manimcha dodam ancha qarib qolganga o‘xshidi. Atambayev bizga tegadigan gap etmagan-u sammitda...

Sherxon Kayumov: Prezidentlarning yaxshi-yomoni bo‘lmaydi! Olloh nazari tushgan xalqqa bosh bo‘ladi. Karimov va Atambayev o‘rtacidagi munocabat - do‘ctona. Milliy adovatni tagiga bilib- bilmay olov qo‘yish oqibati Curiya, Ukraina voqealariga zamin yaratmacmikin? Aziz yurtdosh, ogoh bo‘ling!.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio