Nega O‘zbek birjasida paxta tolasi bahosi yo‘q?

Image copyright AP
Image caption "Oq oltin" haqiqiy oltin bo‘lib kimning cho‘ntagiga tushadi?

O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatni bartaraf etish haqidagi bayonotlariga qaramasdan butun respublika bo‘ylab o‘qituvchi va shifokorlar g‘o‘za chopig‘iga chiqishga majbur etilmoqdalar.

Ayni paytda Xalqaro Mehnat tashkiloti O‘zbekistondagi majburiy mehnat holatlarini monitoring qilmoqda.

O‘zbekiston hukumati majburiy mehnatga chek qo‘yish bo‘yicha milliy reja ishlab chiqqan.

Ammo, aftidan, bu reja ham "qiynoqlarga chek qo‘yish" maqsadidagi O‘zbek rasmiylari rejasiga o‘xshab, BMT yoki boshqa xalqaro tashkilotdagi hisobot uchun "ishlab chiqilgan".

Amalda esa davlat idora va tashkilotlarida ishlayotgan xodimlarning tekin ishchi kuchi bo‘lib berishdan o‘zga choralari qolmagan.

Shu kecha-kunduzda ular yo dalaga chiqishi shart, yoki chiqmagani uchun pul to‘lashi lozim.

Aks holda ishidan ajralib qolish xavfi bor.

Image copyright none

Norasmiy O‘zbekiston Inson huquqlari himoyachilari alyansi faoli Yelena Urlayeva Toshkent viloyatidagi bir necha tumanda pedagog va shifokorlarning ertalabki soat 7 dan fermer xo‘jaliklarining g‘o‘za maydonlariga olib chiqilayotgani vaziyatini o‘rgangan.

Nafaqat Toshkent viloyati, Qashqadaryo viloyati va Qoraqplpog‘istondagi faollar xabar qilishicha, har bir tumanda majburiy g‘o‘za chopig‘i safarbarligini tashkillashtirayotganlar - tuman hokimliklari rahbarlari.

O‘z navbatida tuman hokimligi viloyat hokimligidan, viloyat hokimligi esa Vazirlar Mahkamasidan buyruq olgan.

Biroq O‘zbekiston sharoitida ushbu ma‘muriy-buyruqbozlik shaklidagi qonunbuzarlik yozma emas, og‘zaki qilinadi, davlat amaldorlarining o‘zi majburiy mehnat uchun javobgar ekanlarining isbotlashlashning imkoni yo‘q.

Xo‘sh, bir fermer "mening dalamga hasharchi kerak emas", deb rasmiylarga qarshi chiqa oladimi?

Image copyright none

Yelena Urlayeva ushbu savolni To‘ytepa tumanidagi fermerga bergan.

G‘o‘za chopig‘iga tekin, o‘z ixtiyoriga qarshi olib chiqilgan insonlarni o‘zining dalasiga olib ketish uchun hozir bo‘lgan fermer darhol qo‘ng‘iroq qilib, hokimlik rasmiylarini xabardor qilgan, bu joyga militsiya chaqirtirilgan.

O‘zbekistonda fermer erkin emas va u davlatga topshirgan paxtasi jahon bozorida qanday bahoda sotilishini bilmaydi.

O‘zbek paxta tolasini chetga sotish bilan qaysi shirkatlar shug‘ullanishi ham jamoatchilikka qorong‘u.

Chetga sotiladigan paxta tolasi bahosi "davlat siri" hisoblanadi va paxtadan tushgan valyuta qayerga, qanday maqsadga sarflanishini ham ko‘pchilik bilmaydi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan O‘zbekiston hukumatini paxta va don davlat xarid narxlarini erkinlashtirishga chaqirib kelishadi.

Qashqadaryo viloyatida oliy ma‘lumotli mutaxassislar chopiqqa majburan jalb qilingani haqida hisobot tarqatgan inson haqlari faoli Bahrom Abdurahimov aytishicha, fermerlarga erkinlik berilmaguncha, majburiy mehnatga chek qo‘yib bo‘ylmaydi.

Bahrom Abdurahimov nega O‘zbekiston birjasida paxta tolasi narx-navosi yo‘q, degan savolni qo‘yadi.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq