Saudiyadagi shialar masjidiga "Islomiy davlat" hujum qilgan

Image copyright BBC World Service
Image caption Shialar masjidi

“Islomiy Davlat” jangari guruhi Saudiya Arabistonidagi shialar masjidida amalga oshirilgan xudkushlik amali mas‘uliyatini zimmasiga olib chiqdi.

Saudiya Arabistoni Sharqiy viloyatida juma kuni amalga oshirilgan hujumda 21 inson hayotdan ko‘z yumgandi.

Avvaliga IDning noyabr oyi tashkil qilingan Saudiya Arabistoni bo‘limi portlash ortida o‘zlari turganini iddao qilgan.

Internetda hujumchining surati bilan e‘lon qilingan bayonotda “xalifalik askarlari” bu ishni amalga oshirgani aytilgan.

O‘tmishda “Islomiy Davlat” Saudiya Arabistonidagi shia musulmonlariga qarshi hujum qilish bilan tahdid qilgandi.

Guvohlar Qatif mintaqasida joylashgan al Qadeyeh qishlog‘idagi Imom Ali masjidida juma namozi payti yirik portlash yuz bergani haqida xabar qilishgan.

Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vaziri davlat telekanaliga gapirarkan, hodisada 21 inson halok bo‘lgani va 80 kishi yaralanganini ma‘lum qilgan.

Shifoxona xodimlaridan biri ba‘zi insonlarning jarohatlari “o‘ta jiddiy” ekanini aytgan.

Saudiya Arabistonining ko‘p sonli shia musulmonlari asosan Sharqiy viloyatda yashaydilar.

Ular so‘nggi vaqtlarda shialar huquqlarini ta‘minlash talabi bilan qator norozilik amallariga qo‘l urishgandi.

Ayni damda Saudiya Arabistoni Yamandagi shia isyonchilariga qarshi arab davlatlarining havodan hujumlariga rahbarlik qilayapti.

Saudiya Arabistoni "Islomiy davlat"ning ham tahdidi ostida qolgan.

O‘tgan noyabrda IDning rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy saudiyalik safdoshlarini shia nishonlariga hujum qilishga chaqirgandi.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype – bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq