Rossiya yirik harbiy mashqlar boshladi

Image copyright na
Image caption Vazirlik 4 kunlik harbiy sinovlarni jangovor hozirlik darajasini aniqlash uchun "keng ko‘lamli kutilmagan tekshiruv" sifatida baholagan

Rossiya Mudofaa vazirligining aytishicha, mamlakat harbiy kuchlari yirik ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni boshlashgan.

Mashg‘ulotlarga 12, 000 harbiy askar safarbar qilingan.

Rossiya axborot agentliklari - Interfaks va TASS berayotgan xabarlarga ko‘ra, harbiy sinovda 250ta qiruvchi uchoq, 700tacha tank va boshqa qurol-yarog‘lar ham ishga solinmoqda.

Vazirlik 4 kunlik harbiy sinovlarni jangovor hozirlik darajasini aniqlash uchun "keng ko‘lamli kutilmagan tekshiruv" sifatida baholagan.

BBCning Moskvadagi muxbiri Kerolayn Uayatning aytishicha, mashqlarni kelasi bir necha oy ichida boshlash rejalangan Tsentr-2015 deb nomlangan yanada yirikroq harbiy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik deyish mumkin.

Mazkur harbiy mashg‘ulotlar NATO va uning hamkorlari ishtirokidagi Arctic Challenge nomli tayyorlov mashqlari bilan birga boshlangan.

Rossiyaning Ukrainadagi hatti-harakatlari va G‘arb havo hududiga daxl qilinishi ikki o‘rtada tanglikni keltirib chiqargan.

Yaqinda Rossiya Ovro‘poning shimoliy davlatlari atrofidagi havo hududiga harbiy uchoqlarini yo‘llash kabi hatti-harakatlari uchun tanqid qilingandi.

NATOning ikki haftalik harbiy mashg‘ulotlari Norvegiya, Shvetsiya va Finlandiya shimolida bo‘lib o‘tadi.

Unda 115ta qiruvchi uchoq va 9 mamlakatdan 3, 600 nafar harbiy askar safarbar qilingan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio