Jazoga tortilgan Salmon Xon Dubayga boradi

Image copyright AFP

Mumbay Oliy mahkamasi qamoq jazosiga hukm qilingan Salmon Xonning Dubayda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida ishtirok etishiga ruxsat berdi.

Bollivud yulduzi avtomobilida bir uysizni bosib o‘ldirgani uchun jazoga tortilgan, ammo, hukmga qarshi shikoyat jarayonida garov puli evaziga ozodlikda qolayotgandi.

Salmon Xon 28 may kuni safar qilish uchun Mumbay mahkamasidan izn so‘ragan.

"Arab-Bollivud sovrini" tashkilotchilari o‘tgan haftadayoq uning ishtirokini tasdiqlashgandi.

Image copyright EPA

Salmon Xon juma kuni tadbir nihoyasida chiqish qiladi. Uning ikkita raqs ijro etishi kutilmoqda.

Salmon Xon Bollivudning katta sonli muxlislarga ega o‘ta muvaffaqiyatli yulduzlaridan biri. U 80dan ortiq hind tilida ishlangan filmlarda ishtirok etgan.

Aktyor 6 may kuni qotillikda aybdor topilgan va 5 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Biroq, mahkama hukmi e‘lon qilganidan ikki kun o‘tib, u shikoyat arizasi bergan hamda toki, jarayon yakun topgunga qadar garov puli evaziga ozodlikda qoldirilgan.

Image copyright Getty

Agar aktyor Hindistondan chiqmoqchi bo‘lsa, mahkama ruxsatini olishi kerakligi aytilgandi.

2002 yil Salmon Xon boshqargan avomobil Mumbay ko‘chalaridan birida uxlab yotgan uysizlarni urib ketishi oqibatida bir kishi nobud bo‘lgan va to‘rt inson jarohat olgan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Bu mavzuda batafsilroq