Iosif Brodskiy stipendiyasini o‘zbekistonlik shoir qo‘lga kiritdi

Image caption Shamshod Abdullayev

Peterburg shahrida Nobel mukofoti sohibi, shoir Iosif Brodskiy xotirasiga bag‘ishlangan "She‘riyat" stipendiyasi o‘zbekistonlik shoir Shamshod Abdullayevga berildi.

Shamshod Abdullayev rusiyzabon adabiyot muxlislari orasida mashhur farg‘onalik shoirdir.

O‘tgan asrning to‘qsoninchi yillari boshida u "Zvezda Vostoka" jurnalida ishlagan.

Bir necha she‘riy va nasriy asarlar muallifi.

Shamshod Abdullayev hozir ham Farg‘onada yashab, ijod qiladi.

Shamshod Abdullayev bungacha ham bir necha xalqaro va Rossiya adabiyot olamining mukofotlarini qo‘lga kiritgan.

Agar faqat yozganlari bilan kun ko‘radigan shoir O‘zbekistonda ikkita bo‘lsa, biri Shamshod Abdullayev, bitta bo‘lsa, shubhasiz bu ham uning o‘zidir.

Milliy adabiyotni qolipga solish va qaysidir ma‘noda, ana shu "milliylik" hassasi bilan boshqacharoq yozadiganlarni turtib turish o‘zbek adabiyotida ancha shakllanib qolgan an‘anadir.

Ammo umuminsoniy tuyg‘ular tasviri bilan bu qobiqlarni buzib chiqadigan shoirlar ham talaygina.

Cho‘lpondan tortib, Rauf Parfi, Muhammad Solih, Shavkat Rahmon, Asqar Mahkam, Bahrom Ro‘zimuhammad, Shamshod Abdullayev va yana bir qator "non va dasturxon"ni qofiya qilmaydiganlar she‘riyati allaqachon milliy adabiyotning ustunlariga aylanib ulgurgan.

Eski uy

Begona ovoz: sokin shamol

va quyosh. Taqdir yo‘li bo‘ylab chumolilar uyumi, xuddi shaffof bir kunga gung kinoni qo‘yishgani kabi

Qo‘l va kenglik: oddiy boyliklarni unutib qo‘yasan.

Oqshomoldi, namoz bilan sarg‘aygan havo xonalardagi uvadalar uzra ko‘tarilar.

Mushuk "omin" qilar, go‘yo bir qo‘li bilan yuziga fotiha tortayotgan shia kabi.

Yozgi faslsizlikda iqlim evrilar, va nur ilon sukutini ikkiga bo‘lar.

Chiqishmi?

(Ruschadan erkin tarjima)

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio