Qozog‘istonning Jahon Savdo tashkilotiga a‘zoligidan O‘zbekistonga naf bormi?

Jahon Savdo tashkilotidan xabar qilishlaricha, Qozog‘iston ushbu xalqaro tashkilotga a‘zo bo‘lib kirish yo‘lidagi 19 yillik muzokaralarini muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazgan.

Qozog‘istonning tashkilotga a‘zo bo‘lishi kirishiga oid hujjatlar JST a‘zolariga 22 iyun rasman taqdim etilishi va a‘zo mamlakatlar tomonidan ma‘qullanishi kutilmoqda.

Qozog‘iston ushbu xalqaro tashkilotga a‘zo bo‘lish niyatida ekani bitilgan arizani 1996 yil 29 yanvarida topshirgan.

Tashkilotda tan olishlaricha, Qozog‘istonning xalqaro tashkilot vakillari bilan muzokaralari eng murakkab muzokaralardan biri bo‘lgan.

JST matbuot xizmatiga ko‘ra, bunda Ovrosiyo Iqtisodiy ittifoqiga a‘zo davlatlar o‘rtasidagi savdo tariflari bo‘yicha ham muzokaralar olib borishga to‘g‘ri kelgan.

Ovrosiyo Iqtisodiy ittifoqiga Qozog‘istondan tashqari Armaniston, Belarus va Rossiya ham a‘zo hisoblanadi.

Shuningdek, bu muzokaralarda asosiy o‘yinchilardan biri Ovro‘po Ittifoqi bo‘lgan.

Ovro‘po Ittifoqi bilan Qozog‘istonning JSTga a‘zo bo‘lishi borasidagi muzokaralar 2014 yilda yakunlangan.

Jahon Savdo tashkiloti dunyodagi savdo-sotiqni nazorat qiladigan xalqaro tashkilot bo‘lib, bugungi kunda unga 161 mamlakat a‘zo bo‘lib kirgan.

Yana 21 tashkilot, jumladan, O‘zbekiston ham JSTga a‘zo bo‘lib kirish borasida muzokaralar olib bormoqda.

Bir yil oldin Ovro‘po Ittifoqining O‘zbekistonga JSTga a‘zo bo‘lib kirishi yo‘lida ko‘mak ko‘rsatishi xabar qilingan.

Xo‘sh, Qozog‘istonning ushbu xalqaro tashkilotga a‘zoligi O‘zbekistonga qanday ta‘sir ko‘rsatadi?

O‘zbekiston Moliya vazirligida boshqarma boshlig‘i, O‘zbekiston Banklar assotsiatsiyasida departament boshlig‘i davozimlarida ishlagan, bugungi kunda Ostonadagi Ovrosiyo Milliy Universiteti dotsenti Saparboy Jubayev fikricha, Qozog‘iston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-sotiqda uncha ko‘p o‘zgarishni kutib bo‘lmaydi.

Iqtisodiy tahlilchi aytishicha, mintaqaning ikki yirik davlati o‘rtasidagi savdo aylanmasi uncha ko‘p emas.

O‘zbekistonning Qozog‘istondan importida asosiy o‘rinni Qozoq uni egallaydi.

Saparboy Jubayev bilan suhbatni tinglang.

Multimedia o'ynash bu qurilmada dastaklanmaydi

BBC O'zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog'lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio

Your contact details
Disclaimer