O‘zbekiston Xitoyga xomashyo yetkazib berishni ko‘paytiradi

Image copyright china.org

Bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovning aytishicha, O‘zbekiston Xitoyning sur‘at bilan rivojlanayotgan iqtisodi uchun zarur paxta, tabiiy gaz va boshqa strategik xomashyo yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyor.

O‘zbekiston hukumatining iqtisodiyot uchun mas‘ul mulozimi bu haqda Xitoyning Jichjao shahrida ochilgan Xitoy-O‘zbek biznes forumida ma‘lum qilgan.

Sinxua agentligining janob Azimovdan iqtibos keltirishicha, O‘zbekiston hozirning o‘zida Xitoyga 2009 yilda imzolangan "Strategik mahsulotlarning uzoq muddatli savdosiga doir" shartnomaga muvofiq, paxta va tabiiy gazdan tashqari, mineral o‘g‘itlar, uran kontsentrati, rangli va noyob metallar yetkazib bermoqda.

Ayni paytda Rustam Azimov O‘zbekiston Xitoy sarmoyalari yordamida o‘zida eksportga yo‘nalgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalayotganini aytgan.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish Xitoy shirkatlariga nafaqat 60 millionlik Markaziy Osiyo, balki aholisining umumiy soni 300 millionni tashkil etuvchi MDH bozoridagi ishtirokni ham ta‘minlaydi.

Janob Azimov O‘zbekiston MDH davlatlari bilan erkin savdo borasida ikki tomonlama bitimlarga ega ekanini ta‘kidlagan. 'Xitoy- kelajagi buyuk davlat'

Tahlilchilarga ko‘ra, Xitoy Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonni o‘zining sur‘at bilan o‘sayotgan iqtisodi uchun muhim xomashyo bazasi sifatida ko‘radi. Prezident Karimovga ko‘ra, O‘zbekiston Xitoy bilan yaqinlashishda davom etadi

Aholisi o‘tkir gaz va energiya taqchilligiga yuz tutgan O‘zbekiston joriy yilda Xitoyga gaz eksportini 10 milliard kubometrga yetkazishni rejalayotganini ma‘lum qilgan.

2013 yilda Xitoyga gaz eksporti 6 milliard kubometrni tashkil etgan.

Ushbu eksportning bir qismi ichki iste‘molchilar hisobidan qoplanishi aytiladi.

Shu bois O‘zbekiston aholisi, ayniqsa qish mavsumida gaz ta‘minoti bilan bog‘liq muammolarga duch keladi.

Prezident Karimov o‘tgan yil avgustida Xitoyga tashrifi chog‘ida Xitoyning "kelajagi buyuk" ekanini aytgan va O‘zbekiston Xitoy bilan yaqinlashishda davom etishini ta‘kidlagan.

Bi-bi-si O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram – BBC UZBEK

Twitter – BBC UZBEK

Odnoklassniki – BBC UZBEK

Facebook- BBC UZBEK

Google+ BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio