Armanistonda noroziliklar davom etmoqda

Armaniston poytaxti Yerevanda to‘rtinchi kundirki, norozilik namoyishlari davom etmoqda.

Namoyishchilar vakillari mamlakat Prezidenti bilan uchrashuvdan bosh tortganlar.

Ular Prezident Serj Sarkisyandan televideniye orqali chiqib, elektr energiyasi uchun oshirilgan narxlarni bekor qilishni talab qilishgan.

Ammo, Armaniston Energetika vaziri Yervand Zaxaryan elektr iste‘moli uchun to‘lovlarni oshirish rejasidan voz kechish imkonsiz ekanini aytgan.

Noroziliklar nafaqat Yerevan, balki mamlakatning boshqa burchaklariga ham yoyilgan.

Noroziliklarga Armaniston elektr ta‘minoti idorasining elektr ta‘minoti uchun tarifni 16 foizga oshirish rejasi sabab bo‘lgan.

"Qarorni bekor qilishi mumkin bo‘lgan biron bir mexanizmni bilmayman", deb aytgan janob Zaxaryan.

BMT xavotiri

Image copyright AFP
Image caption Politsiyaning noroziliklarni bostirish harakatlari tanqid qilindi

Ayni paytda BMTning Inson haqlari bo‘yicha oliy komissarligi voizi Rivina Shamdasani Armanistondagi hodisalardan xavotir bildirgan.

"Biz 23 iyun kuni Yerevandagi noroziliklarni jilovlash harakatlarida politsiya zobitlari, jumladan, jurnalistlarga qarshi haddan ortiq kuch qo‘llaganlari borasidagi ishonchli xabarlardan xavotirdamiz. Va hukumatni hodisa yuzasidan zudilk bilan batafsil tekshiruvlar o‘tkazishga chaqiramiz", deb aytgan BMT rasmiysi.

Rivina Shamdasaniga ko‘ra, noroziliklar davom etar ekan, hukumat namoyishchilarga qarshi siyosat inson haqlariga oid xalqaro qonunlarga mutlaq mos tushishini ta‘minlashi kerak.

Shuningdek, u Tashqi ishlar vazirligining Armaniston hukumati mamlakatda "inson haqlari himoyasi, demokratiya, asosiy erkinliklar"ni ta‘minlash masalasida qat‘iy ekani haqidagi bayonotini olqishlagan.

Mintaqa davlatlari munosabati

Ozarbayjonning yuqori martabali rasmiysi xalqaro matbuot va inson haqlari tashkilotlarini Armanistondagi noroziliklarni bostirish amallariga "ikkiyuzlamalik" qarash va "sukut" saqlashda ayblagan.

Rossiya matbuoti esa, "Armaniston: Yana bir rangli inqilobmi?" degan maqola chop qilgan.

Kommersant nashri Yerevandagi noroziliklarni Kiyevdagi Maydan hodisalariga qiyoslagan.

BBC O‘zbek xizmati bilan Whatsapp, Telegram va Viber orqali bog‘lanishni istasangiz, telefonimiz: +44 78-58-86-00-02.

Instagram - BBC UZBEK

Twitter - BBC UZBEK

Odnoklassniki - BBC UZBEK

Facebook - BBC UZBEK

Google+ - BBC UZBEK

YouTube - BBCUZBEK (https://www.youtube.com/user/bbcuzbek)

Skype - bbcuzbekradio